Page 10 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 10
Har bir guruhning ichida yanada kichikroq guruhlarga bo‘lish ham qabul
qilingan. Albatta, ushbu klassifikatsiya nisbiy xaraktyerga ega, chunki bir turning
o‘zi bir vaqtning o‘zida har ikkala guruhga mansub bo‘lishi mumkin.
Xom ashyo o‘simliklarining tarqalishini, xo‘jalikda ishlatilishining
imkoniyatlari va mexanizmlarini, eng muhim dorivor, oziq ovqat va boshqa
foydali o‘simliklar zahiralarini baholash va ularni o‘rganish uslublarini ishlab
chiqadigan fan bu, botanika resursshunosligi (xom ashyo o‘simliklari
resursshunosligi) deb ataladi.
O‘zbekiston florasida 4500 ga yaqin yuksak o‘simlik turlari mavjud bo‘lib,
ularning ko‘pchiligi foydali o‘simliklar hisoblanadi. Masalan, oziq ovqat
o‘simliklari 42 turni, ozuqabop (yem hashak) o‘simliklar 107 turni, dorivor
o‘simliklar 113 turni, alkaloid saqlovchi o‘simliklar 76 turni, saponin saqlovchi
o‘simliklar 15 turni, efir moyli o‘simliklar 53 turni, yog‘ to‘plovchi o‘simliklar
56 turni, tanid saqlovchi o‘simliklar 59 turni, bo‘yoqbop o‘simliklar 58 turni,
kamed saqlovchi o‘simliklar 9 turni, smola saqlovchi o‘simliklar 9 turni, mum
saqlovchi o‘simliklar 5 turni, kauchuk saqlovchi o‘simliklar 4 turni, sellyuloza
qog‘ozbop o‘simliklar 14 turni, yog‘och byeruvchi o‘simliklar 16 turni, ziynat
(bezak) uchun foydalaniladigan o‘simliklar 30 turni, asal shira byeruvchi
o‘simliklar 115 turni o‘z ichiga oladi.
Ushbu fan floramizda uchraydigan dorivor o‘simliklarning morfologik
tuzilishini, hayotiy shakli, еr sharida tarqalish qonuniyatlari, sistematikasini,
bioekologiyasi, geografiyasini, geobotanika va uning vazifalarini, O‘zbekiston
Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan dorivor o‘simlik turlarni asrash va ulardan
oqilona foydalanish kabi masalalar atroflicha o‘rganadi. Fan tabiat va jamiyatning
ekologik negizi, tarkibiy qismlari, jarayonlarning mohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy
tizimlar va ularning amal qilish qonuniyatlari, ekologik muammolarni kelib
chiqish sabablarni qamrab oladi.
Dorivor o‘simliklar – o‘zida odam va hayvon organizmlariga ta’sir qiluvchi
biologik faol moddalarni saqlovchi, tibbiyot maqsadida foydalaniladigan
o‘simliklardir. Dunyo bo‘yicha 21000 tur o‘simlik dorivorlik xususiyatiga ega.
Ayniqsa xalq tabobatida ishlatiladigan turlarning soni ko‘p (arab, xind, xitoy, tibet
tibbiyotida). Tibet tibbiyotida 400 ga yaqin tur o‘simlik ishlatiladi. Ishlab
chiqarish sanoati miqyosida ishlatiladigan dorivor o‘simliklar dorivor vositalar
davlat reestriga kiritiladi. Ularda turli biologik faol moddalar (BFM) to‘planadi
(alkaloidlar, glikozidlar, vitaminlar, achchiq moddalar, oshlovchi moddalar,
polisaxaridlar, flavonoidlar, efir moylari va b.).
Odatda dorivor o‘simliklarni quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
- tinchlantiruvchi; - uyqu keltiruvchi; - og‘riq qoldiruvchi; - yaralarni tuzatuvchi;
- qon to‘xtatuvchi; - safro haydovchi; - yumshatuvchi va boshqalar.
Inson va hayvonlar organizmida ro‘y beradigan turli kasalliklarni davolashda
10