Page 11 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 11
ishlatiladigan dori-darmonlar ichida shifobaxsh o‘simliklardan tayyorlanayotgan
dorilar salmoqli o‘rin Tutadi.
O‘simliklar sistematikasi boshqa fanlar kabi, kishilarning xayotiy talablarini
qondirish yo‘lida qilinayotgan mexnati natijasida vujudga keladi. Hozirgi zamon
o‘simliklar sistematikasi uzoq kuzatish va tekshirishlar davrini kechiradi.
O‘simliklarni klassifikatsiya soxasidagi urunishlar kishilik jamiyatining ilk
davridan boshlanadi, dastlab kishilar o‘simlik turlarini foydali belgilariga qarab
xar xil guruxlarga oziq-ovqat bo‘ladigan, dorivor va bo‘yoq uchun ishlatiladigan
hamda zaxarlilarga bo‘ladi. Mashhur grek filosifi va tabiatshunosi olimi Aristotel
o‘simliklarni o‘rganish va ko‘paytirish bilan shug‘illangan. U o‘simliklar haqida
barcha ma’lumotlarni to‘plab 100 dan ortiq o‘simlik turlarini ta’riflab byergan.
Aristotelning shogirdi Teofrast o‘z ustozi ishini davom ettirdi. Teofrast
o‘simliklar haqida ma’lumotlar to‘plab ularni o‘rganadi va o‘z klassifikatsiyasini
yaratadi. Uning 10 tomli “O‘simliklarning tabiiiy tarixi” degan kitobida 450 ga
yaqin o‘simlik turlari tavsiflanadi. Teofrast o‘simliklarning xayotiy formalariga
va ekologik xususiyatlariga e’tibor qilgan xolda ularni daraxt, buta, chala buta va
o‘t o‘simliklar kabi guruxlarga ajratadi. Rim olimlaridan Pliniy Starshiy “Tabiat
tarixi” degan 9 tomli asarining 6 tomini o‘simliklarga bag‘ishlagan. Pliniy
Starshiyo taxminan 1000 ta o‘simlik turlarni tavsiflab, ular haqida ma’lumot
beradi. U asosan dorivor o‘simliklarni, shuningdek olma navlarini va boshqa
foydali o‘simliklarga oid ma’lumotlarni ta’riflash bilan cheklanadi. O‘rta asrda
yashagan va jaxon faniga juda katta xissa qo‘shgan bo‘yuk mo‘tafakkir va
mashxur olim Ibn Sinoning dastlab 1020 yilda nashr etilgan “Alqonuni fit tib”
ya’ni “Meditsina qonunlari” nomli 5 tomli ajoyib asari fanning taraqqiy etishiga
to‘rtki bo‘ldi. Ibn Sino kitobida o‘z tajribalar va kuzatuvlarini bayon etdi.
Kitobning ikkinchi qismida dori-dormon sifatida qo‘llaniladigan o‘simlik, hayvon
va minyeral moddalarga bag‘ishlanadi, 400 dan ortiqroq dorivor o‘simliklar
ta’riflanadi, ularning shifobaxsh xususiyatlari ko‘rsatiladi.
XVI asrdan boshlab giyohnomalar ham paydo bo‘la boshlaydi.
Giyohnomalarda ko‘pchincha dorivor o‘simliklar tasviralanadi. Ularning turli
mahaliy nomlari va rasmlari berilib foydalanish yo‘llari ko‘rsatiladi.
O‘simliklarga mansub juda ko‘p xilma-xil materiallar to‘planishi natijasida
botaniklar bu materiallarni o‘zlashtirib, ularni aniqlab ma’lum sistemaga solishga
uruna boshladilar. O‘simliklar sistematikasini yaratish, mavjud o‘simliklarni
tartibga solish ularni klassifikatsiyalash o‘sha davrdagi barcha botaniklarning
zimmasiga tushgan muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
11