Page 13 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 13
Bu sistema o‘simliklarning xilma-xil belgilardan faqat otaligining soniga uning
erkin yoki qo‘shilib o‘sishiga va joylashiga asoslangan. Linney sistemasi
o‘simliklarning qarindoshlik darajasiga, o‘zaro o‘xshash bo‘lgan bir qator
belgilariga asoslanmay, balki birgina otaligining soniga joylashigiga qarab
belgilangani uchun sun’iy sistema deb ataladi.
Tabiiy sistema tuzilishni dastlab fransuz olimlardan Antuan Loran De-Jyusse
boshlab beradi. Dastlabki sistemalarning yratilishidan tortib , to De-Jyusseening
“O‘simlik avlodlari” nomli asari bunyod bo‘lishigacha bo‘lgan davr sun’iy
sistema davri deb ataladi.
De-Jyusseening 1789 yilda nashr etilgan asari,
sistematikaning ikkinchi davri, ya’ni tabiiy
sistemaning rivodlanishiga asos solinadi.
Hozirgi zamon sistematikasi o‘z mohiyati bilan
filogenetik sistemadir. Chet botaniklaridan
Englyer, Vettshteyn, Gallir, Bessi, Pulya
Getchinston sitemalari, rus olimlaridan Polyanskiy,
A.A.Grosgeym, A.L. Taxtadjyanning sistemalari
mashxur bo‘lib keng tarqalgan.
4–rasm. Antuan Loran De-Jyusse
Nazorat savollari.
1. Tabiiy va sun’iy sistemaning bir-biridan farqi.
2. O‘zbekiston floraisga necha tup o‘simliklar kiradi.
3. Linney o‘simliklar dunyosining changlanishiga qarab necha sinfga ajratgan.
4. Yopiq urug‘li o‘simliklarga ta’rif bering.
5. Ochiq urug‘li o‘simliklarga ta’rif bering.
6. Sistematika soxasida dastlab qanday ishlar olib borilgan.
13