Page 8 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 8

okean sathiga uning faqat yarmiga yaqini (48%) еtib keladi. Quruqlik va dunyo
               okeanining  yashil  ekani  (tropik,  subtropik  va  o‘rta  iqlimli  mintaqaning  keng
               yaproqli o‘simliklari, suv o‘tlari) nihoyatda katta hajmdagi quyosh nurini qabul

               qilish  imkoniga  ega  bo‘lgan  fotosintez  reaktori  hisoblanadi.  Yerga  qadar  еtib
               keladigan  quyosh  nurining  nihoyatda  ko‘p  miqdorda  bo‘lishiga  qaramasdan
               o‘simliklar olami uning faqat 1—2% ni qabul qiladi xolos. Shunday bo‘lsada,

               o‘simliklar  olami  fotosintez  jarayoni  natijasida  nihoyatda  ko‘p  miqdordagi
               organik moddalarni sintez qiladi. Ularning har yili bir necha milliard (4,5x10)
               tonna  organik  modda  hosil  qilishi  fikrimizning  dalili  bo‘la  oladi.  Tabiatda

               anorganik moddalardan organik moddalarning sintez qilinishi bilan bir qatorda
               biosfyerada  organik  moddalarning  parchalanish  jarayoni  ham  boradi  va
               biokomplekslar  ximiyaviy  elementlarning  ionlarigacha  parchalanishi  sodir
               bo‘ladi. Bu parchalanish barcha tirik mavjudotlarning nafas olishi, o‘lik hayvon

               va o‘simlik qoldiklarini chirituvchi getyerotrof mikroorganizmlarning faoliyati
               tufayli sodir bo‘ladi. Parchalanish natijasida hosil bo‘lgan karbonat angidrid va

               suv tabiatga yana qaytadi. Bu jarayon moddalarning biologik almashinuvi deb
               yuritiladi. Tan olishimiz kerakki, tuproq tarkibidagi minyeral moddalar bitmas-
               tuganmas  emas.  Tabiatda  organik  birikmalarning  parchalanishi  sodir
               bo‘lmaganda va uning tarkibidagi o‘simliklar olamining oziqlanishi uchun zarur

               minyeral elementlar tuproqqa qaytmaganda, asrlar, ming va million yillar o‘tishi
               bilan  tuproq,  tarkibidagi  o‘simliklar  qabul  qila  oladigan  minyeral  elementlar
               butunlay tugab va tuproq unumsiz tog‘ jinsiga aylangan bo‘lar edi. Avtotrof va

               getyerotrof  organizmlarning  o‘zaro  kompleks  munosabatda  bo‘lishini  taqozo
               etadigan  biologik  modda  almashinuvi  еr  kurrasida  xayotning  davom  etishini
               ta’minlaydi.

                      Inson  o‘z  taraqqiyotining  dastlabki  davrlaridan  boshlab  o‘simliklar
               olamining talaygina qismini oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, dori-darmon va
               hokazolar uchun ishlatgan. Hozirgi kunda ham kishilik jamiyati o‘simliklardan

               barcha ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanadi. U dehqonchilikda asosan gulli
               (yopiq  urug‘li)  o‘simliklarni  ekib  o‘stiradi.  Ularning  aksariyat  qismi  kishilik
               jamiyatining  tarixiy  taraqqiyoti  davomida  ko‘p  martalab  tanlanish  va
               chatishtirilishi natijasida o‘zining yovvoyi ajdodlaridan keskin farq qilib, genetik,

               fiziologik  hamda  bioximik  jihatdan  talaygina  o‘zgarishlarga  uchragan.  Yopiq
               urug‘li o‘simliklar uchun xos bo‘lgan ko‘pgina organik birikmalar moxsimonlar,

               ochiq  urug‘lilar,  hatto  yopiq  urug’li  o‘simliklarning  ilk  ajdodlarida  ham
               uchramaydi.  Inson  yopiq  urug’li  o‘simliklardan  ko‘plab  uglevodlar,  oqsillar,
               yog’, organik kislotalar, vitaminlar, glyukozidlar, alkoloid va shu kabilarni oladi.
               O‘simlik  inson,  hayvonlar  va  barcha  tirik  mavjudotning  asosiy  oziq  manbai

               hisoblanadi. Inson еtishtiradigan tola, kauchuk, non, shakar, turli-tuman mevalar,
               choy, kofe, vino, hamda u tufayli olinadigan, yog’, pishloq, go‘sht, tuxum, asal


                                                                                                            8
   3   4   5   6   7   8   9   10   11   12   13