Page 7 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 7

O‘simliklar olamining barchasi uchun xaraktyerli va umumiy bo‘lgan xossa
               hamda  xususiyatlar  bular  hujayra  devorining  qattiq  modda  zarrachalarini
               o‘tkazmasligi  (yutmasligi  yoki  o‘zlashtirmasligi)dadir.  Hujayra  devorining  bu

               xususiyati  baktyeriyalar,  zamburug‘lar,  suv  o‘tlari  va  yuksak  o‘simliklarning
               barchasi uchun xos bo‘lib, tirik tabiatdagi hayvonot olamining birortasida ham
               takrorlanmaydi.  Hujayra  po‘sti  o‘simliklar  olamining  tarixiy  taraqqiyoti

               davomida  ularning  dasturiga  shu  qadar  chuqur  kirib  kelgan  va  mustahkam
               o‘rnashib olganki, uni ma’lum ferment ta’sirida ajratib olinganda ham u ma’lum
               vaqt o‘tishi bilan, yangitdan shakllanishi muqarrar. Hujayra devori (pusti) ning bu

               xususiyati,  ma’lum  sabablarga  ko‘ra  еrib,  hujayraning  faqat  tirik  qismi,
               yalang’och  protoplast  holida  qolganda  ham  yangitdan  po‘st  bilan  qoplanadi
               (masalan,  yashil  suv  o‘tlari).  Tarixiy  taraqqiyotining  ilk  davrida  o‘simliklar
               olamining  shakllangan hujayra po‘sti himoya vazifasini o‘taydigan organ sifatida

               hosil  bo‘lishi  bilan  bir  qatorda,  o‘simlikning  oziqlanishida  ham  muhim  rol
               o‘ynagan.  Qattiq  po‘st  bilan  o‘rab  olingan  hujayralar,  tashqi  muhitdan  hayot

               uchun  zarur  bo‘lgan  oziq  moddalarni  faqat  suvda  еrigan  holda  qabul  qiladi.
               Evolutsiya  jarayonida  hujayra  devorining  bu  tariqa  shakllanishi,  keyingi
               taraqqiyotiga  ham  ta’sir  qilgan.  Mustaqil  ravishda  oziqlanish,  ularning  tana
               yuzasining kattaligiga bog’liq. O‘simlikning tashqi muhit bilan aloqador bo‘lgan

               tana  yuzasi qancha  katta  bo‘lsa,  oziq  moddalar shuncha  ko‘p  miqdorda  qabul
               qilinadi.  O‘simliklarning  shimish  yo‘li  bilan  oziqlanishi,  ularda  ikkinchi  bir
               xususiyat,  ya’ni  harakatsiz  (kam  harakatlanish)  holatining  vujudga  kelishiga

               sabab  bo‘ladi.  Albatta,  ayrim  murakkab  tuzilishli  yuksak  o‘simliklar  ildiz
               poyalari,  ildiz  tugunaklari,  еr  ustki  vegetativ  ko‘payish  organlari  yordamida
               spora,  urug‘  va  mevalarining  keng  tarqalishi  bilan  o‘zining  birinchi  bor  o‘sib

               chiqqan makonini o‘zgartirish imkoniga ega bo‘lgan. Ammo bu passiv harakat,
               hayvonlarning  muntazam  ravishdagi  faol  harakatidan  keskin  farq  qiladi.
               O‘simliklar  olami  filogenetik  jixatdan  bir  butun  o‘simliklar  guruxidan  iborat

               degan taxmin xozirga qadar to‘liq еchilganicha yoq. Ko‘pchilik botanik olimlar
               fanning  eng  sunggi  ma’lumotlariga  tayangan  holda,  o‘simliklar  olamini  uch
               mustaqil gurux: uvoqlanuvchilar, zambug‘urlar va o‘simliklarga bo‘lishni ma’qul
               topadilar.  Shu  nuqtai  nazardan,  o‘simliklar  olami  filogenetik  jihatidan

               oziqlanishiga ko‘ra, ya’ni ekologik xususiyatiga qarab alohida guruxga ajratilgan,
               degan fikrga kelamiz. O‘simliklar qoplami еr sharining quruq qismini va dunyo

               okeanini deyarli to‘liq ishg’ol etgan. Hatto, Arktikada ham muzdan bo‘shagan
               maydonlarda, u qadar ko‘p bo‘lmasada moxlar, lishayniklar va suv o‘tlari o‘sadi.
                      Umuman  olganda,  еr  kurrasida  mavjud  bo‘lgan  hayot  quyosh  nuri  va
               atmosfyerani Quruqlik va okean o‘simlik qoplamlariga ta’sir ko‘rsatishini taqozo

               qiladi. Quyosh nuri sekundiga 300 000 km tezlik bilan 6 minut ichida еr sathiga
               еtib keladi. Quyosh nurining bir qismi atmosferaga singib ketadi. Yer yuzi va


                                                                                                            7
   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11   12