Page 6 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 6

MAVZU: KIRISH. FAN HAQIDA TUSHUNCHA. FANNING TA’RIXI,

                                          MAQSADI VA VAZIFALARI.

                                          Fanning maqsadi va  vazifalari
                      "Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi" fanini o‘qitishdan maqsad–

               talabalarga  dorivor  o‘simliklarning  morfologik  tuzilishi,  hayotiy  shakli,
               klassifikatsiyasi,  tarqalishi,  dorivor  o‘simliklarning  ahamiyati,  tabiatda  tutgan
               o‘rnini  o‘rgatish  asosida  fundamental  bilimlar  berish,  hamda  botaniqa  fanida

               sistematik  va  geobotaniq  izlanish  usullarining  nazariy  va  amaliy  asoslarini
               o‘rgatishdan iboratdir.
                                    Fanning vazifasi – uni o‘rganuvchilarga:

               dorivor o‘simliklarni morfologik tahlil qilish;
               -dorivor o‘simlik turlarini aniqlash usullarini

               -dorivor o‘simliklarni haytiy shaklini tahlil qilish
               -yer sharida va mintaqlar bo‘yicha tarqalish qonuniyatlari o‘rgatish;
               -flora,  sistematika  va  geobotaniqasining  asosiy  mazmuni  bilan  tanishtirish;
               -gerbariy     yig‘ish,    fitoцenozlarga      ta’rif   berish     usullarini    o‘rgatish;

               dorivor o‘simliklar bioekologik qonuniyatlarini amaliyotga tadbiq etish
               –fanning asosiy vazifalariga kiradi.
                                                                                 2
                      Yer  kurrasi  umumiy  maydonining  (510  ming.km )  bo‘lagini  quruqlik,
                                             2
               qolgan qismi (361 mln.km ) ni esa dunyo okeani tashkil etadi. Quruqlik va suv
               muxitini  o‘simliklar  olamining  nixoyatda  rang-barang  bir-biriga  shakl  va
               to‘zilishi jixatidan o‘xshash bo‘lmagan turlari egallagan. Ma’lum bo‘lishicha, еr

               kurrasida 500 000 o‘simlik va 1000 000 dan ortiq hayvonlar turi xayot kechiradi.
               Shunday  ekan,  еr  kurrasida  tarqalgan  jamiiki  tirik  mavjudotlarning  yarmi
               o‘simliklardan iborat. Ammo Yer kurrasi tirik qismi umumiy massasining 97%i

               o‘simliklar olamiga taalluqli bo‘lib, uning faqat 0,03% ini hayvonot olami tashkil
               etadi. Muhimi shundaki,  o‘simliklar olami xar yili 172 mlrd. tonna  murakkab
               organik  modda  sintez  qiladi.  Birgina  shu  raqamning  o‘zi  o‘simliklar,  jamiiki,

               hayvonot  olami  insoniyat  uchun  naqadar  muhim  ahamiyatga  ega  ekanligidan
               dalolat beradi.
                      O‘simliklar  rangi,  tuzilishi,  xayot  tarzi  jixatidan  bir-biridan  farq  qiladi.

               O‘simliklarning suv o‘tlari, zamburug’lar, shilimshiqlar, sporali va urug’li (ochiq
               va yopiq urug’li) guruhlari Quruqlik va suv muhitida keng tarqalgan. Ularning
               ko‘pchiligi  avtotrof  o‘simliklar  bo‘lib,  organik  moddalarni  mustaqil  ravishda
               sintez qiladi. Ammo baktyeriyalar, zamburug’lar va shilimshiq singarilar organik

               moddalar sintez qilish qobiliyatiga ega emas. Tayyor moddalar bilan oziqlanuvchi
               va  o‘z  tanasini  boshqa  tirik  organizm  hisobiga  shakllantiruvchi  organizmlar

               geterotrof organizmlar deb yuritiladi va ma’lum o‘xshash xususiyatlariga ko‘ra,
               o‘simliklar olami qatoriga kiritiladi.

                                                                                                            6
   1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11