Page 9 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 9

kabilar  o‘simliklar  olamining  sahovatli  in’omidir.  Yopiq  urug’li  o‘simliklar
               bo‘lmaganda insonning hozirgi kungi talabini faqat moxlar, paporotniklar, ochiq
               urug‘li  o‘simliklar  hisobiga  qondirishni  tasavvur  etib  bo‘lmasdi.  Hatto,  uy

               hayvonlari ham bu o‘simliklarni iste’mol qilmaydi.
                      O‘simliklarni changlatuvchi hasharotlar qushlar, sutemizuvchi hayvonlar,
               yopiq  urg‘ililar  bilan  bir  vaqtda  rivojlangan.  Tabiat  oldindan  bilgandek  inson

               uchun, uning ishlashi va taraqqiy topishi uchun keng maydon (arena) yaratgandek
               tuyuladi. U o‘z atrofida ko‘plab foydali o‘simliklarni topib, ularni xonakilashtirib,
               hosildor navlarini yaratishga muvaffaq bo‘ladi. O‘simlikshunoslik tarixiga nazar

               tashlaydigan bo‘lsak, u Osiyoda, arxeologi ma’lumotlarga ko‘ra, 7—8 ming yil
               muqaddam dunyodga kelgan. Uning asosiy markazlaridan biri Markaziy, xususan
               O‘rta Osiyoda bo‘lgan. U O‘rta  Osiyoda  (N. I. Vavilov) qadimiy Mesopotamiya
               past tekisligi (hozirgi O’zbekistan, Tojikiston) madaniy o‘simliklarning tarqalish

               markazlaridan  biri  hisoblanadi.  Bu  markazda  o‘ziga  xos  geksoploid  bug’doy
               populyatsiyasi;  dukkaklilarning  no‘xat,  loviya,  mosh,  beda;  yog’  beradigan

               o‘simliklarning  zig’ir,  kunjut;  poliz  ekinlarining  sabzi,  piyoz  singari  madaniy
               turlari  yaratilgan.  Bu  o‘lkaning  meva daraxtlari  ayniqsa,  e’tiborga  molik.  Ikki
               daryo  oraliri  axolisi  o‘rik,  uzum,  yong‘oq,  pista,  bodom,  anor,  anjir  va
               shaftolining  shirin-shakar  navlarini  yaratganlar.  Tanlash  yo‘li  bilan  yaratilgan

               uzum, o‘rik, qovun singari o‘simliklarning quritilgan mevasi tarkibida 70% ga
               qadar  qand  moddasi  saqlangan.  Hozirgi  kunga  kelib,  bug’doyning  3000  dan,
               kartoshkaning 2000 dan, uzumning 1000 dan, g‘o‘zaning 2000 dan, atirgulning

               3000  dan  ortiq  navlari  yaratilgan.  Xalq  xo‘jaligida  ularning  tola  beradigan,
               dorivor  bo‘yoqbop,  efir  moyli  turlari  keng  qo‘llaniladi.  Ammo  madaniy
               o‘simliklarning  kelib  chiqishi  haqida  aniq  bir  fikr  aytish  ancha  qiyin,  chunki

               ularning Vatani haqida anikq ma’lumotlar xozircha еtarli emas.
                      Inson o‘simliklardan foydalanishni qadimdan bilgan. U yashash va hayot
               kechirish  uchun  o‘zining  atrofidagi  turli  tuman  o‘simliklarning  maysalari,

               novdalari,  barglari,  mevalari,  urug‘lari,  piyozlari,  tugunaklari,  ildizlari  va
               ildizpoyalaridan oziq ovqat uchun foydalangan hamda boshqa maqsadlarda ham
               ulardan bahramand bo‘lgan.
                      Foydali  o‘simliklarni  boshqacha  qilib  xom  ashyo  o‘simliklari  deb  ham

               yuritish mumkin. Xom ashyo o‘simliklari bu, tabiiy flora tarkibida uchraydigan
               bevosita  to‘g‘ridan  to‘g‘ri  ishlatiladigan  yoki  qayta  ishlov  byergandan  keyin

               ishlatilishi mumkin bo‘lgan turlardir.
                      Xom  ashyo  o‘simliklarini  ularning  ishlatilishiga  ko‘ra  klassifikatsiyaga
               solish keng qo‘llaniladi. Unga muvofiq, barcha xom ashyo o‘simliklari odatda 2
               ga bo‘linadi:

                      1. Texnik o‘simliklar (kauchuk saqlovchi, smola saqlovchi va boshq.);
                      2. Natur o‘simliklar (oziq ovqat, dorivor, vitaminli va boshq.).


                                                                                                            9
   4   5   6   7   8   9   10   11   12   13   14