Page 15 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 15
sinfini tashkil qiladi.
Bir urug’pallalilar va ikki urug’pallalilar sinfiga oid o‘simliklarning
hammasi gulli o‘simliklar bo‘lganligi uchun bu ikkala sinf qo‘shilib gulli
o‘simliklar yoki yopiq urug’li o‘simliklar bo‘limini vujudga keltiradi.
O‘simliklar dunyosi esa o‘simliklar sistematikasidagi eng katta sistema
bo‘lib, yopiq urug’li o‘simliklar, ochiq urug’li o‘simliklar, qirqquloqtoifa,
yo‘sintoifa, yashil suvo‘tlar va hokozo bo‘limlarni o‘z ichiga oladi.
Dars maqsadi: Talabalarda o‘simliklar sistematikasida turlarni binar
nomeklatura asosida oilalarini aniqlash, dorivor o‘simliklar sistematikasi,
o‘simliklarning asosiy oilalari va ularning vakillarini tahlil etish va amaliy
ko‘nikmalar hosil qilish.
Identiv o‘quv maqsadi:
1.O‘simliklar sistematikasida turlarni binar nomeklatura asosida oilalarini
aniqlay oladi.
2.Dorivor o‘simliklar lotincha (nomeklatura) nomlarini o‘qish qoidalarini
biladi.
Kerakli jihoz va materiallar: O‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, tarqatma
materiallar, o‘simliklar aniqlagichi, taqdimot.
O‘simliklar sistematikasidan amaliy ishlarni bajarish bo‘yicha
ko‘rsatmalarni talabalar vazifa olish jarayonida yoki undan oldin o‘qituvchi
tomonidan oldindan tuzilgan rejaga asosan oladi.
Ma’lumki yuksak o‘simliklar, xususan arxegonial va, ayniqsa, gulli
o‘simliklar bo‘yicha olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlar uchun mikroskop
singari texnik asboblarning qo‘llanilmasligi ularni bajarishni ancha
еngillashtiradi.
O‘simliklarni o‘rganish jarayonida lupa (20 barobar katta qilib
ko‘rsatadigan), laboratoriya ignasi, preparat tayyorlov oynasi, o‘simlikning rasmi
va uning organlarini chizish uchun rasm daftari, kundalik ma’lumotlarni yozish
uchun kundalik daftari va, nihoyat, rangli qalamlar bo‘lishi shart.
Har qanday holda ham tirik o‘simlik bilan ishlash imkoni bo‘lmagan
taqdirda gerbariy va oldindan spirtda tayyorlangan materiallardan foydalanishga
to‘g‘ri keladi. Materiallarni yig‘ish 1-2 kurslarda o‘tkaziladigan o‘quv dala
amaliyoti davomida amalga oshirilishi mumkin. Yil davomida bajariladigan
topshiriqlarni bajarish uchun zarur materiallarni o‘quv dala amaliyotiga qadar
o‘simliklar qayerda, qanday muhitda o‘sishi, vegetativ va generativ rivojlanish
fazalarining qachon o‘tishini oldindan aniqlash va ro‘yxat tuzilishi amaliy
mashg‘ulotni o‘tishni еngillashtiradi. Qulay bo‘lishi uchun o‘simlikning guli, gul
15