Page 68 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 68
bo‘lgan qin bilan o‘ralgan soyabonsimon to‘pgul joylashgan. Gulqo‘rg‘on
bargchalari qo‘shilmagan yoki asosi biroz qo‘shilgan bo‘ladi. Gulqo‘rg‘on
bargchalari va changchilari 6 tadan, urug‘chisi 1 ta, tugunchasi ustki, 3 uyali. Gul
formulasi: P 3T 3A 3,3G (3). Mevasi — ko‘sakcha. Ko‘pchilik turlarining
to‘pgullarida piyozchalar hosil bo‘ladi. Bu oilaga 32 ta turkum va 750 taga yaqin
turlar kiradi. Ikkala yarimsharda ham keng tarqalgan, lekin tropik hududlarda,
Avstraliya va Yangi Zelandiyada uchramaydi. Ayniqsa, Shimoliy yarimsharda
keng tarqalgan. O‘rta Osiyoda va O‘zbekistonda faqat bitta piyoz (Allium) turkumi
uchraydi. O‘rta Osiyoda uning 191 ta, O‘zbekistonda 100 dan ortiq turi o‘sadi. Bu
turkum vakillari inson hayotida juda muhim ahamiyatga ega. Ular antibiotiklarga
juda boy, qimmatbaho dorivor va vilaminli sabzavot o‘simliklar hisoblanadi.
Gulsafsardoshlar oilasi — Iridaceae Bu oila vakillari ko‘p yillik
ildizpoyali, piyozboshli yoki tuganaksimon ildizli o‘simliklar. Barglari
qilichsimon, ba’zan yoysimon. Gulqo‘rg‘oni oddiy, bargchalari 6 ta, gultojsimon,
ikki doirali, ichki doirasi sirtidagidan farq qiladi. Changchisi 3 ta, ichki doiradagi
3 tasi reduksiyalangan. Tugunchasi ostki, uch yoki bir uyali. Gul formulasi: P 3+3
A 3+0 G (3) Mevasi ko‘p urug‘li ko‘sakcha. Bu oilaga 75—80 ta turkum va 1800
tacha tur kiradi. Ular tropik, subtropik va mo‘tadil iqlimli viloyatlarda, ayniqsa
ko‘proq Janubiy Afrikada, O‘rtayer dengizi, G‘arbiy va Sharqiy Osiyoda,
Markaziy va Janubiy Amerikada tarqalgan. O‘rta Osiyoda 6 ta turkum, 57 ta tur,
O‘zbekistonda 6 ta turkum va 32 ta turi tarqalgan (Crocus, Iris, Juno, Iridictyum,
Gynandriris, Gladiolus).
Dars maqsadi: Piyozdoshlar (Alliaceae), va Gulsafsardoshlar (Irridaceae)
oilasi turkumi turlari nomeklaturasini tahlili va o‘rganish qoidalari va ularning
morfologik, biologik shuningdek dorivorlik xususiyatlari haqidagi yangi bilim,
ko‘nikma, malakani shakillantirish.
Identiv o‘quv maqsadi:
1. Alliaceae, Irridaceae oilasi turlari nomeklaturasini tahlil qila oladi.
2. Piyozdoshlar, Gulsafsardoshlar oilasi vakillarini morfologik va
biologik xususiyatlarini biladi.
Kerakli jihoz va materiallar: Alliaceae, Irridaceae oilalari vakillari
gerbariy na’munasi, rasmlar, o‘simliklar aniqlagichi, taqdimot.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar
Osh piyoz — Allium sepa. Ko‘p yillik o‘t, poyasi 45—100 sm balandlikda.
Bargining ichi kovak, naysimon. Barglari silindrsimon, yo‘g‘onligi 8—15 mm.
68