Page 69 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 69
To‘pguli sharsimon. Gulbargchalari oq, yashil tomirli. May-iyul oylarida gullab,
iyulda urug‘ beradi. Sabzavot o‘simligi sifatida ekilib, ho‘lligida va pishirilib
istemol qilinadi.
Piskom piyozi, tog‘ piyozi. Ko‘p yillik o‘t, bo‘yi 40—150 sm. Barglari
3—6 ta, silindrsimon, eni 2—3 sm, uchi ingichkalashgan. Gullari mayda, oq. Iyun
oyida gullab, mevasi avgust oyida еtiladi. Mevasi — ko‘sakcha. Faqat Toshkent
viloyatidagi tog‘larda toshli еrlarda, qoyatoshlar yoriqlarida o‘sadi.
Anzur piyozi — Allium stipitatum. Ko‘p yillik o‘t, bo‘yi 60—150 sm.
Barglari tasmasimon, eni 2—3 sm, yaprog‘i butun, bargining ichi kovak emas.
Gulbargchalari och binafsha rangli. Piyozi deyarli sharsimon, po‘sti qoramtir.
Mevasi — ko‘sakcha. May-iyun oylarida gullab, mevasi iyulda еtiladi. Ikkala tur
ham O‘zbekiston „Qizil kitob“ iga kiritilgan edi. Lekin tabiatda ko‘payganligi
tufayli anzur piyoz „Qizil kitob“dan chiqarildi.
Ungyerniya, qoraqobiq (Ungyernia) turkumi. Bu turkum vakillari ko‘p
yillik piyozli o‘t o‘simliklar. Barglari 4—6 ta, bahorda paydo bo‘ladi. Yozga
kelib quriydi. Poyasi bargsiz. Gulqo‘rg‘oni 6 ta, gulbargchalari voronkasimon, sal
qiyshiqroq, sarg‘ish-qizil yoki sarg‘ish. To‘pguli soyabonsimon, changchisi 6 ta.
Tugunchasi uch uyali. Mevasi — ko‘sakcha. O‘zbekistonda 3 turi (U. sivcrtzovii,
U. victoris) o‘sadi.
Sevyersov qoraqobig‘i — (Ungyernia sevyertzovii.) Ko‘p yillik piyozli
o‘simlik. Barglari 4—6 ta, qalami ikki qator joylashgan. Poyasi silindrsimon,
bo‘yi 20—40 sm. To‘pguli soyabonsimon, 7—12 gulli. Gulqo‘rg‘oni 6 ta
gulbargchali, qizil g‘isht rangli. Mevasi — ko‘sakcha, uch bo‘lakli, chokidan
ochiladi. Qor ketishi bilan piyozidan o‘sib chiqqan barglari may oyining ikkinchi
yarmida quriydi. Iyul oyida piyozidan bargsiz, oqish poya unib chiqadi va uning
uchida to‘pgul hosil bo‘ladi. Sentabr oyida gullaydi. Tog‘da toshli va chag‘ir
yonbag‘irlarda o‘sadi. Dorivor o‘simlik. O‘zbekiston Respublikasi „Qizil kitob"
iga kiritilgan.
Za’faron (Crocus) turkumi. Turkum vakillari tuganak piyozli, deyarli
povasiz o‘t o‘simliklar. Guli ikki jinsli, voronkasimon. Gulqo‘rg‘on bargchalari
oq, sariq yoki ko‘kimtir havorangda. Changchisi 3 ta, mevasi — ko‘sakcha.
O‘zbekistonda 2 turi (Olatog‘ za’faroni, Oq zafaron), O‘rta Osiyoda 3 ta turi
tarqalgan. Bular ko‘p yillik tuganak piyozli o‘simliklar, 1—4 tadan gul hosil
qiladi, gulqo‘rg‘on bo‘laklari oq, orqa tomoni biroz binafsha rangli.
Gulsafsar (Iris) turkumi. Turkum ildizpoyali, barglari qilichsimon o‘t
o‘simliklar kiradi. Gulqo‘rg‘oni yirik, gultojsimon, to‘g‘ri. Bargchalari har xil,
qo‘shilib o‘sib naycha hosil qiladi. Bargchalarining ichkisi sirtidagi shakli va
69