Page 4 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 4
1-MASHG‘ULOT
TOG‘ JINSLARI XAQIDA TUSHUNCHA.
Mashg‘ulotning maqsadi: tog‘ jinslarini o‘rganish, ya’ni ularning turini, turli
geologik jarayonlar natijasida hosil bo‘lishini o‘rganish va ular bilan tanishish.
Kerakli asbob uskunalar: tog‘ jinslari namunalari, ko‘rgazmali materiallar,
tarqatma uslubiy qo‘llanmalar.
Ish mazmuni:
Yer va uning atrofidagi sayyoralar har xil tog‘ jinslaridan tashkil topgan. Tog‘
jinslari esa, o‘z navbatida minerallarning tabiiy agregatlaridan tuzilgan. Biz tog‘
jinslari deganimizda ma’lum tarkib va tuzilishga ega bo‘lgan tabiiy mineral
agregatlar yig‘indisini tushunamiz. Tog‘ jinslari geologik jarayonlar natijasida hosil
bo‘lib, yer po‘stida mustaqil jins holida yotadi.
Tog’
jinslari
magmatik cho’kindi metamorfik
Tog‘ jinslarining tasnifi hosil bo‘lish sharoitlariga asoslangan. Ushbu tasnifga
muvofiq tog‘ jinslarining quyidagi turlari ajratiladi:
- magmaning sovishida hosil bo‘luvchi - magmatik;
- magmatik va metamorfik jinslarning mexanik nurashi va eritmalardan
moddalarning cho‘kishi natijasida hosil bo‘luvchi - cho‘kindi;
- cho‘kindi va magmatik jinslarning uzoq vaqt davomida yuqori bosim, harorat va
minerallashgan suv ta’sirida kechgan tabiiy-kimyoviy jarayonlar tufayli hosil
bo‘luvchi – metamorfik.
Magmatik jinslar. Magmatik jinslar magmaning sovishi natijasida hosil
bo‘ladi. Magmaning sovishida qattiq mineral komponentlar ketma-ket kristallanadi.
Bunda bosim, harorat va undagi mineralizatorlar - suv bug‘lari, karbonat angidrit va
bjshqalar juda katta ahamiyatga ega.