Page 9 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 9
Cho‘kindi jinslar yer yuzasidagi turli jinslarning nurashidan, yemirilishidan
va nurab yemirilishidan hosil bo‘lgan maxsulotning bir joydan ikkinchi joyga
ko‘chib borib to‘planishidan hosil bo‘ladi.
Bundan tashqari cho‘kindi jinslar sug‘orishdan kimiyoviy va mexanik
cho‘kishidan hosil bo‘lgan maxsulot ham tashkil topadi. Cho‘kindi jinslar
litosferaning fizikaviy va kimiyoviy ta’siri natijasida yemirilgan va qayta to‘plangan
maxsulotdir. Cho‘kindi jinslar quruqlikda ham, suv xavzalarining tubida ham
to‘planadi.
Metamorfik jinslar
Metomorfik jinslar metomorfizm jarayonlari natijasida turli darajada
o‘zgargan magmatik yoki cho‘kindi jinslardir. Magmatik va cho‘kindi jinslar
birinchi marta metomorfik jarayonga uchrasa, bunday jinslar metomorfik jinslar deb
yuritiladi. Bular O‘zbekistonda Nurota, Zirabuloq - Ziyovuddin va Hisor tog‘larida
keng tarqalgan.
Agarda metomorfik jinslar metomorfik jarayonga bir necha bor duch kelsa,
bunday jinslar metomorflashgan tog‘ jinslari deb yuritiladi.
Jinsning tashqi ko‘rinishi, tuzilishi va mineral tarkibi ba’zan tanib bo‘lmaydigan
holga keladi. Bular quyidagi omillar yuqori haroratda, yuqori bosim va gaz-suyuq
holidagi (flyuidlar) eritmalar ta’siridan vujudga keladi.
Mineral tarkibiga ko‘ra tog‘ jinslari polimineral (ko‘p mineralli) va
monomineral (bir mineralli) bo‘lishi mumkin. Polimineralli tog‘ jinslari jins hosil
qiluvchi har xil minerallardan, monomineral jinslar esa asosan bir minerallardan
tashkil topadi.
Ko‘p mineralli jinslarga misol qilib kvarst, kaliyli dala shpati, plagioklaz va
slyuda yoki ba’zan amfibiol va piroksin bo‘lgan granitlarni keltirish mumkin.
Monomineral jinslarga olivinit, piroksinit, kvartsit va ohaktosh misol bo‘la oladi.
Metamorfik jinslarning hosil bo‘lish sharoitlari
Yer po‘stida joylashgan tog‘ jinslari vaqt o‘tishi bilan o‘zining kimyoviy
tarkibini o‘zgartirmasdan turib struktura va boshqa xossalarini keskin o‘zgartirishi
mumkin. Bunday o‘zgarishlarning sababi uzoq vaqt davomida yuqori bosim va
harorat hamda minerallashgan suvlar ta’siridir. Metamorfizmga magmatik jinslar