Page 31 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 31

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi
            XIX  asrning  oxirgi  choragida  Avstriya-Vengriya  imperiyasi  Yevropaning  eng  qoloq
            mamlakatlaridan biri boʻlib, saqlanib qolgan feodal munosabatlar sanoat taraqqiyotiga
            toʻsiq boʻlayotgan edi.
               3-topshiriq. Darsni mustahkamlash uchun mantiqiy topshiriq. Avstriya-Vengriya
            imperiyasi Yevropaning eng qoloq mamlakatlaridan biri boʻlib qolishiga sabab boʻlgan
            omillarni toping. Fikringizni mantiqiy izchillikda infografika ko‘rinishida ifodalang.




                                           Qo‘shimcha maʼlumot
                    XIX  asrning  80–90-yillarida  Rossiya  sanoat  ishlab  chiqarishida  bir  qator       METODIK QO‘LLANMA
                 yutuqlarga erishdi. XIX asrning 90-yillariga kelib sanoat toʻntarishi yakunlandi
                 va mamlakat ishlab chiqarishning umumiy hajmi boʻyicha dunyoning beshta
                 eng yirik industrial davlatlari qatoriga qoʻshildi.
                    1905-yil 9-yanvar kuni 200 ming kishidan iborat xalq Qishki saroyga qarab
                 yoʻl oldi. Liberal kayfiyatdagi ziyolilar vakillarining qon toʻkilishining oldini olishga
                 qaratilgan  harakatlari  ham  eʼtiborga  olinmadi.  Qurolsiz  namoyishchilarga
                 qarshi  oʻt  ochildi.  “Qonli  yakshanba”  butun  Rossiyani  gʻazabga  keltirdi,
                 podshoga boʻlgan ishonchga putur yetdi. Bundan tashqari, kutilmaganda bu
                 voqealar birinchi rus inqilobining boshlanishi boʻlib qoldi. 9-yanvar voqealari
                 ishtashlashlarning mislsiz oshishiga olib keldi.




               4-topshiriq. Jadval bilan ishlash. O‘qituvchi o‘quvchilarning diqqatini Birinchi rus
            inqilobi bilan bog‘liq quyidagi jadvalga qaratadi va ularni xulosa chiqarishga undaydi.


                     1-jadval                   1905–1907-yillardagi inqilob natijalari



                      Tuzum va
                    ijtimoiy ahvol                Inqilobgacha                 Inqilobdan soʻng
                                                   Hech kim va                Davlat Kengashi va
                  Samoderjaviye                  hech narsa bilan             Davlat Dumasi bilan
                                                cheklanmagan edi.                  cheklandi.




                                                                             Siyosiy erkinliklarga,
                      Aholining                Siyosiy erkinliklardan              jumladan,
                  asosiy qatlamlari                mahrum edi.                shaxs daxlsizligiga
                                                                                   ega boʻldi.




                                                     Ishchilarni               Ish haqi oshirilib,
                       Mehnat                  ekspluatatsiya qilish             ish vaqti 9–10
                     sharoitlari                  yuqori darajada                  soatgacha
                                                        edi.                      qisqartirildi.





                                                          31
   26   27   28   29   30   31   32   33   34   35   36