Page 35 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 35
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
3-topshiriq. Mulohaza uchun savollar.
1. Fuqarolar urushi qanday to‘xtatildi? Sabablarini izohlang.
2. Urushdan keyin AQSHda iqtisodiy hayot qanday kechdi? METODIK QO‘LLANMA
1861–1865-yillardagi fuqarolar urushi
4-topshiriq. Dars mazmunining qisqacha tavsifi. O‘quvchilarning javob va fikrlari
tinglangach, o‘qituvchi darsni davom ettiradi:
1) 1894-yilga kelib AQSHning sanoat mahsulotlari hajmi bo‘yicha dunyoda birinchi
o‘ringa chiqishi;
2) Vudro Vilsonning “yangi erkinlik” siyosiy dasturining taklif etilishi;
3) I Panamerika konferensiyasining chaqirilishi;
4) Meksika inqilobi;
5) XIX asrning 60–90-yillarida Amerika madaniyatining rivojlanishi.
O‘qituvchi yangi mavzuni bayon qilish jarayonida savol-javob metodidan foyda-
langan holda XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi Lotin Amerikasi mamlakatlarining
ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga e’tibor qaratadi. Lotin Amerikasi jamiyatining rivojlanishi va
xarakteriga bu yerdagi etnik jarayonlar katta taʼsir koʻrsatdi. Turli xalqlar – hindular, qora
tanlilar, yevropaliklar madaniyati va anʼanalari oʻrtasidagi oʻzaro taʼsir bu mamlakatlar-
da juda xilma-xil va oʻziga xos etnopsixologik jamoalarning shakllanishiga olib keldi.
Bu esa, oʻz navbatida, siyosiy madaniyatning, butun siyosiy jarayonlarning xarakterini
belgilab berdi va ular jamiyatdagi siyosiy beqarorlikka, tez-tez boʻlib turadigan davlat
toʻntarishlariga, qoʻzgʻolonlarga, inqiloblarga, siyosiy kurashning gʻirrom usullaridan
keng foydalanishga olib keldi. Koʻplab davlatlarda oʻz faoliyatida armiyaga tayangan
avtoritar rejimlar oʻrnatildi.
Mintaqa mamlakatlarida mahalliy hindular va afrikaliklar avlodlarining toʻliq mifologik
tasavvurlariga asoslangan madaniy qarashlari bilan yevropaliklarning ratsionalistik
madaniyati aralashib, oʻziga xos Lotin Amerikasi madaniyatini shakllantirdi. XX asr
35