Page 39 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 39
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
Darsning maqsadi: Yaponiya, Xitoy va Hindistondagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy
islohotlarning o‘ziga xos yo‘llarini tushuntirib berish.
Darsda shakllantiriladigan tayanch bilimlar: XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi
“Osiyo uyg‘onish” davri va Sharqning an’anaviy jamiyatlarida sanoatlashtirish kurtaklari
manzarasini ochib berish; aniq dalillar va ko‘rgazmali vositalar yordamida urushda
harbiy texnika hal qiluvchi rol o‘ynashini ko‘rsatib berish.
Darsdan kutiladigan natijalar:
• o‘quvchi modernizatsiya, Meydzi inqilobi, maʼrifatli boshqaruv, Sinxay inqilobi,
yopiq mamlakat kabi atamalarning mohiyatini bilib oladi;
• Yaponiya, Xitoy va Hindiston taraqqiyoti bilan bog‘liq tarixiy dalillar bilan tanishadi;
• topshiriqlarni bajarish jarayonida Yaponiya, Xitoy va Hindistonga oid maʼlumotlar- METODIK QO‘LLANMA
dan foydalana oladi;
• Yaponiya, Xitoy va Hindistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘llarini tahlil qiladi;
• Yaponiya, Xitoy va Hindiston madaniyati haqida maʼlumotlarga ega bo‘ladi.
Darsning borishi:
METODIK QO‘LLANMA
I. Faollashtiruvchi bosqich.
1-topshiriq. O‘zlashtirilgan bilimlarni takrorlash. O‘qituvchi o‘quvchilarga avval
o‘zlashtirilgan bilimlari asosida “XIX asr birinchi yarmida Yaponiya, Xitoy va Hindiston”
mavzusida erkin yozish topshirig‘ini beradi.
II. Asosiy bosqich.
2-topshiriq. O‘qituvchi o‘quvchilarning diqqatini Yaponiyadagi Meydzi inqilobi
haqidagi quyidagi jadvalga qaratadi va ularni xulosa chiqarishga undaydi.
1-jadval Meydzi inqilobi
Inqilob sababi Mohiyati Yakuni va oqibatlari
Syogunlik hokimiyatini Yopiqlikni tugatib, Syogunlik tugatilib,
tugatish G‘arb davlatlari bilan taxtga imperator
yaqinlashish Mutsuxito keladi.
3-topshiriq. Darsni mustahkamlash uchun mantiqiy topshiriq. Meydzi inqilobi
Yaponiya ijtimoiy hayotiga qanday taʼsir ko‘rsatdi? Sabablarini izohlang.
4-topshiriq. Dars mazmunining qisqacha tavsifi. 1871-yilda Yaponiyaning ya-
gona davlatga birlashish jarayoni yakunlandi. Feodal yer mulklari tugatildi va toʻgʻri-
dan toʻgʻri markaziy hukumatga boʻysunuvchi prefekturalar joriy qilindi, tabaqalar soni
uchtagacha qisqartirildi: unvonli aslzodalar, zodagonlar va oddiy xalq.
“Yangi Yaponiya”ni qurish aynan imperator hokimiyatining tiklanishi bilan bogʻliq.
Bu inqilobni amalga oshirganlar jadallik bilan mamlakatni qayta qurishga kirishdilar.
Yaponlar o‘ziga xos moʻjiza yaratdilar: ular aholi bir paytning oʻzida ham Gʻarbda, ham
Sharqda yashaydigan – ikki xil sivilizatsiyaga asoslangan mamlakatni qurdilar.
Iqtisodiy va harbiy jihatdan kuchayishi bilan Yaponiyaning mustamlakachilik inti-
lishlari ham avj olib bordi. 1904–1905-yillardagi rus-yapon urushidan keyin Yaponiya
Janubiy Manchjuriya va Koreya ustidan oʻz hukmronligini oʻrnatib, Koreyaning tashqi
siyosatini ham belgilay boshladi. 1910-yildan Koreya rasman Yaponiyaning mustam-
lakasi boʻlib qoldi.
39