Page 41 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 41

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi
               7-topshiriq. O‘qituvchi Hindiston davlatiga to‘xtaladi. Mavzu darslikdagi materiallar
            orqali yoritib beriladi.
               Mavzu yakunida uchta davlat siyosati va madaniyati jadval orqali taqqoslanadi.

                                                      4-jadval


                  Davlatlar            Ichki siyosati        Tashqi siyosati          Madaniyati






                  Yaponiya                                                                                 METODIK QO‘LLANMA







                     Xitoy






                  Hindiston





               III. Refleksiya bosqichi.
               8-topshiriq. “XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Yaponiya, Xitoy va Hindiston uchun
            umumiy  boʻlgan  islohotlarning  osiyocha  yoʻli:  kamchilik  va  yutuqlar”  mavzusida
            asoslangan esse yozish.
               9-topshiriq.  Blits-savollar.  O‘tilgan  mavzuning  o‘quvchilar  tomonidan  o‘zlash-
            tirilganini tekshirish maqsadida mavzu yuzasidan qisqa javobli savollar beriladi.
               1. Qachon “Osiyo uyg‘onishi” davri bo‘ldi? XIX asr oxiri – XX asr boshlari.
               2. Nechanchi yilda harbiy-feodal hukumat – Tokugava syogunligi agʻdarildi?
            1868-yili.
               3. Nechanchi yilda Yaponiyada syogunlik butunlay tugatildi? 1869-yilda.
               4. Meydzi davri nechanchi yillarni oʻz ichiga oladi? 1868–1912-yillarni.
               5. Xitoyda kim boshchiligida Sinxay inqilobi boshlangan? Sun Yatsen.
               6. 1912-yili Sun Yatsen qaysi partiyaga asos solgan? Gomindan (“Milliy partiya”).
               7. Hindiston milliy kongressi (HMK) qachon tashkil qilindi? 1885-yili.


                                                          Uy vazifasi


                                     Mustaqil tarzda Rabindranat Thakur ijodi bilan tanishing.
                                         Uning asarlarida qanday g‘oya va qarashlar ilgari
                                        surilgan, hayotning qaysi jihatlari qamrab olingan?
                                                  Fikringizni esse tarzida yozing.






                                                          41
   36   37   38   39   40   41   42   43   44   45   46