Page 53 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 53

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi


                                                        Tarixiy hujjat


                                        Buxarest tinchlik shartnomasi 1913-yilda tuzilib,
                                      Bolqon  urushlariga  yakun  yasagan.  Unga  ko‘ra,
                                      Bolgariya Ruminiyaga Janubiy Dobrujani, Gretsiyaga
                                      Makedoniyaning janubiy qismini va G‘arbiy Frakiyaning
                   bir qismini, Serbiyaga Makedoniya shimoliy qismining deyarli hammasini
                   berishga, Turkiyaga Adrianopol (Edirne)ni qaytarishga majbur bo‘ldi.                    METODIK QO‘LLANMA



               4-topshiriq. Mulohaza uchun savollar. O‘qituvchi o‘quvchilarga quyidagi savollarni
            berib, ularni mulohaza yuritishga chorlaydi.
               1. Nima uchun Bolqon urushlari Yevropa uchun xatarli tus oldi? Sabablarini izohlang.
               2. Bolqonni Birinchi jahon urushi boshlanishining sabablaridan biri deyish mumkinmi?
               5-topshiriq. Dars mazmunining qisqacha tavsifi.
               1. Uchlar ittifoqi va Antantaning vujudga kelishi.

               2. Birinchi jahon urushining boshlanishi.
               3. 1916–1918-yillardagi urush harakatlari.
               4. Urushning yakuniy bosqichi.
               XIX  asrning  80–90-yillarida  xalqaro  vaziyatning  yomonlashuvi  ikkita  ittifoqning
            paydo  bo‘lishiga  olib  keldi.  Uchlar  ittifoqi  1882-yilda  Fransiyaga  qarshi  qaratilgan
            bo‘lsa, 1916-yilda Angliyani yakkalab qo‘yishga harakat qilgan.
               6-topshiriq. Jadval bilan ishlash. O‘qituvchi quyidagi jadvalni sinf taxtasiga chizadi
            va o‘quvchilardan uni to‘ldirishni so‘raydi (jadval to‘ldirilmagan holda taqdim etiladi).

                                                     2-jadval

                              XX asrning boshlarida xalqaro vaziyatning o‘zgarishi






                                                             Germaniyaning Bolqon masalalariga
                  1891–1892-yillarda Rossiyaning                aralashuvi va Avstriya-Vengriya
                    harbiy-siyosiy blokka kirishi
                                                                       bilan yaqinlashishi




                  Rossiyaning Avstriya-Vengriya va Germaniyadan uzoqlashishi va Fransiya
                                                bilan yaqinlashishi














                                                          53
   48   49   50   51   52   53   54   55   56   57   58