Page 52 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 52
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
Darsning maqsadi: Birinchi jahon urushining kelib chiqish sabablari va oqibatlarini,
harbiy harakatlarning strategiyasi hamda taktikasini tushuntirib berish.
METODIK QO‘LLANMA METODIK QO‘LLANMA METODIK QO‘LLANMA hal qiluvchi rol o‘ynashini ko‘rsatib berish; urush nizolarni hal qilishning asosiy vositasi
Darsda shakllantiriladigan tayanch bilimlar: urushning ayanchli manzarasini
ochib berish; aniq dalillar va ko‘rgazmali vositalar yordamida urushda harbiy texnika
bo‘la olmasligiga alohida e’tibor qaratish.
Darsdan kutiladigan natijalar:
• o‘quvchi Bolqon urushlari, Uchlar ittifoqi, Antanta kabi atamalarning mohiyatini tu-
shu nib oladi;
• birinchi jahon urushi haqidagi tarixiy faktlarni bilib oladi;
• topshiriqlarni bajarish jarayonida Birinchi jahon urushi bilan bog‘liq maʼlumotlardan
foydalana oladi;
• Birinchi jahon urushining kelib chiqish sabablarini tahlil qiladi;
• urush bilan bog‘liq muhim ko‘rsatkichlarni umumlashtiradi;
• urush orqali nizolarni bartaraf etib bo‘lmasligi haqidagi g‘oyaga o‘zining mustaqil
mu nosabatini bildiradi.
Darsning borishi:
I. Faollashtiruvchi bosqich.
1-topshiriq. O‘zlashtirilgan bilimlarni takrorlash. O‘qituvchi o‘quvchilarga avval
o‘zlashtirilgan bilimlari asosida “Birinchi jahon urushi arafasida dunyo” mavzusida erkin
yozish topshirig‘ini beradi.
II. Asosiy bosqich.
2-topshiriq. Jadval bilan ishlash. O‘qituvchi o‘quvchilarning diqqatini Bolqon
urushlari bilan bog‘liq quyidagi jadvalga qaratadi va ularni xulosa chiqarishga undaydi.
1-jadval Bolqon urushlari
Harbiy
Bolqon urushlari Yakuni va oqibatlari
harakatlar
Birinchi Bolqon 1912-yil oktyabr Serbiya kuchayadi, Turkiya va Avstriya-
urushi Vengriya zaiflashadi.
Bolgariya urushda yutqazadi va Turkiya
Ikkinchi Bolqon
urushi 1913-yil iyun bilan sulh tuzadi. Rossiya Bolgariyani
qo‘llab-quvvatlaydi.
3-topshiriq. Xarita bilan ishlash. O‘qituvchi o‘quvchilardan Buxarest tinchlik
shartnomasi asosida urushda ishtirok etgan davlatlar o‘rtasida taqsimlangan hududlarni
xaritadan ko‘rsatishni so‘raydi.
52