Page 47 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 47

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi
               Darsning  maqsadi:  Afrika  mamlakatlarida  mustamlakachilik  va  taraqqiyot
            muammolari, ularning sabablari va oqibatlarini tushuntirib berish.
               Darsda shakllantiriladigan tayanch bilimlar: qulchilik va savodsizlikning jamiyat
            hayotiga  salbiy  taʼsiri  haqidagi  manzarani  ochib  berish;  aniq  dalillar  va  ko‘rgazmali
            vositalar  yordamida  Afrika  aholisining  qulchilik  asoratiga  tushib  qolishini  ko‘rsatib
            berish.
               Darsdan kutiladigan natijalar:
               • o‘quvchi rasizm, “Uchlar ittifoqi”, “Qora qit’a” kabi atamalarning mohiyatini tushunib
            oladi;
               • Afrika mamlakatlarining taraqqiyot muammolari haqidagi tarixiy faktlarni bilib oladi;     METODIK QO‘LLANMA
               • topshiriqni bajarish jarayonida Afrika mamlakatlaridagi mustamlakachilik bilan bog‘-
            liq maʼlumotlardan foydalana oladi;
               • Afrika mamlakatlari taraqqiyotining orqada qolish sabablarini tahlil qiladi;
               •  qulchilik  va  mustamlakachilik  jamiyat  taraqqiyoti  uchun  asosiy  to‘siq  ekanligiga
                                                                                                           METODIK QO‘LLANMA
            o‘zining mustaqil munosabatini bildiradi.
               Darsning borishi:
               I. Faollashtiruvchi bosqich.
               1-topshiriq.  O‘zlashtirilgan  bilimlarni  takrorlash.  O‘quvchilarning  avval
            o‘zlashtirgan bilimlari asosida “Oʻrta asrlarda Afrika mamlakatlari rivojlanishining oʻziga
            xos xususiyatlari” mavzusi bo‘yicha “Muloqot” texnologiyasidan foydalanib muhoka-
            ma o‘tkaziladi.
               Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:
               – o‘qituvchi mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarni muloqot, bahs-munozara
            o‘tkazishga  qo‘yilgan  talablar,  qoidalar  bilan  tanishtiradi,  so‘ng  ushbu  darsning
            bosqichma-bosqich o‘tkazilishini tushuntiradi;
               – o‘qituvchi o‘quvchilarni mavzu yo‘nalishlari bo‘yicha guruhlarga ajratadi;
               – har bir kichik guruh jamoasi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rishni boshlaydi:
            boshqa  kichik  guruhlar  bilan  muloqotga  kirisha  olishi  uchun  o‘z  yo‘nalishi  bo‘yicha
            turli materiallar, ko‘rgazmali qurollar, rivoyat, olim va mutafakkirlarning fikrlari kabilarni
            tayyorlaydi;
               –  kichik  guruhlar  o‘rtasida  asosiy  mavzu  va  uning  yo‘nalishlari  bo‘yicha  muloqot
            boshlanadi;
               – o‘qituvchi guruhlarning fikrlarini maqsadli yo‘naltirib boradi, kichik guruhlar tomo-
            nidan asosiy mavzu yoritilgach, aytilgan fikrlarga o‘zining munosabatini bildirgan holda
            muhokamani yakunlaydi.
               II. Asosiy bosqich.
               2-topshiriq. Dars mazmunining qisqacha tavsifi. O‘qituvchi yangi mavzuni bayon
            qilish jarayonida savol-javob metodidan foydalanishi mumkin.
               XIX asrning 70-yillarigacha davom etgan qul savdosining Afrika uchun eng ogʻir oqi-
            bat lariga e’tiborni qaratadi. Qulchilikning eng gʻayriinsoniy koʻrinishi – rasizm (irqchilik)
            mafkurasi  shakllandi.  Toʻrt  asr  davomida  koʻpchilikning,  avvalo  yevropaliklarning
            tasavvurida qul deganda afrikalik, yaʼni qora tanli odam aks etadigan bo‘lib qoldi.
               3-topshiriq. Jadval bilan ishlash. O‘qituvchi quyidagi jadvalni sinf taxtasiga chizadi
            va o‘quvchilardan uni to‘ldirishni so‘raydi.




                                                          47
   42   43   44   45   46   47   48   49   50   51   52