Page 395 - “O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR”
P. 395

markazlashtirilgan tarzda saqlash, qayta ishlash va tahlil qilishni osonlashtiradi, bu
            esa oziq-ovqat korxonalariga real vaqt rejimida qarorlar qabul qilish imkonini beradi
            (Marston et al., 2011).
                  Omnikanal tizimlar (Omnichannel Systems) esa ishlab chiqaruvchilar, yetkazib
            beruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida integratsiyani kuchaytirib, sotuv jarayonlarining
            raqamli  muhitda  barqarorligini  ta’minlaydi  (Verhoef  et  al.,  2021).  Shu  bilan  birga,
            iste’molchiga      raqamli      yondashuv        (Digital    Consumer        Approach)       orqali
            shaxsiylashtirilgan  takliflar,  elektron  tahlillar  va  marketing  strategiyalarining
            samaradorligi oshadi (Lamberton & Stephen, 2016).
                  Xalqaro  miqyosdagi  tahlillar  shuni  ko‘rsatadiki,  rivojlangan  mamlakatlarda
            raqamli  texnologiyalarni  qo‘llash  bo‘yicha  tizimli  yondashuv  shakllangan.  Masalan,
            AQSh, Kanada, Daniya va Avstraliyada milliy darajadagi tadqiqotlar raqamlashtirish
            jarayonlarini muntazam monitoring qiladi (Trendov et al., 2019). Biroq rivojlanayotgan
            mamlakatlarda,  xususan  Lotin  Amerikasi  va  Osiyoda,  raqamlashtirish  hali  ham
            shakllanish  bosqichida  bo‘lib,  infratuzilma  va  texnik  salohiyatning  yetarli  emasligi
            muammosi mavjud (FAO, 2022).
                  Shu  nuqtayi  nazardan,  oziq-ovqat  sanoatida  raqamli  transformatsiyaning
            muvaffaqiyati  texnik  infratuzilma,  davlat  siyosati  va  inson  kapitalining  rivojlanish
            darajasiga bevosita bog‘liq.

                  METODOLOGIYA
                  Mazkur tadqiqotda oziq-ovqat sanoatida raqamli transformatsiya yo‘nalishlarini
            o‘rganish uchun aralash metod (mixed method) yondashuvi qo‘llanildi. Tadqiqot ikki
            bosqichda, ya’ni adabiyotlar tahlili va xalqaro tajriba solishtirma tahlilidan foydalanib
            olib borildi.
                  Birinchi  bosqichda  FAO,  OECD,  World  Bank  va  Scopus  bazalaridagi  ilmiy
            maqolalar tahlil qilindi. Asosiy e’tibor oziq-ovqat sanoatida IoT, sun’iy intellekt, bulut
            texnologiyalari  va  omnikanal  marketing  tizimlarining  qo‘llanilishiga  qaratildi.
            Ma’lumotlar  Google  Scholar  va  ScienceDirect  platformalaridan  2010–2024-yillar
            oralig‘idagi manbalar asosida yig‘ildi.
                  Ikkinchi  bosqichda  1-jadvalda  keltirilgan  davlatlar  –  AQSh,  Kanada,  Daniya,
            Avstraliya, Kolumbiya va Angliya – kesimida raqamlashtirish darajasi va yo‘nalishlari
            solishtirildi. Buning uchun har bir mamlakatning milliy statistika ma’lumotlari, FAO
            hisobotlari hamda World Bank Data portali ma’lumotlaridan foydalanildi.

                  ANALIZ VA NATIJALAR
                  Talab yuqori bo‘lib turgan oziq-ovqat sanoatida COVID-19 pandemiyasi sabab
            ta’minot zanjiridagi uzilishlar mazkur sohada raqamlashtirishning rivojlanishiga katta
            turtki bo‘ldi. Bu turtki butun oziq-ovqat sanoati tizimida raqamli transformatsiyaning
            jadallashuviga  olib  keldi.  Barcha  jabhalarda  qiyinchilikka  yuz  tutgan  oziq-ovqat
            sanoati  pirovardida  avtomatlashtirishni  takomillashtirib,  raqamlashtirishga  keng
            qadam  qo‘ydi.  Bu  bilan  maksimal  samaraga  erishish  uchun  jarayonlarni
            optimallashtirishga  katta  e’tibor  qaratildi  va  yetkazib  berish  zanjiri  barqarorligi
            oshirildi. Maqsad esa, nafaqat pandemiyaning salbiy oqibatlarini yengib o‘tish, balki
            undan  yanada  kuchli,  yanada  moslashuvchan  va  boshqa  kelajakda  sodir  bo‘lishi
            mumkin bo‘lgan tasodifiy o‘zgarishlarga tayyor holda chiqish edi.
                  Oziq-ovqat  sanoatida  raqamli  transformatsiya  bir  qancha  shakllarda  mavjud              392
            bo‘lib, bugungi kunda ularni umumiy 4 yirik guruhga ajratib ko‘rsatish mumkin.


                                                                                                           V SHO‘BA:

                                                     Raqamli transformatsiya va ilg‘or boshqaruv tizimlarini joriy etish samaradorligi

                                                                                         https://www.asr-conference.com
   390   391   392   393   394   395   396   397   398   399   400