Page 399 - “O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR”
P. 399
“O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI:
AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR
TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR”
DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARINING MALAKASINI OSHIRISH
JARAYONLARINI BOSHQARISH
Muallif: Umarova Ra’no Sunnatxonovna
1
Affiliyatsiya: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi
agentligi Samarqand viloyati filiali bosh inspektori
1
DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17597108
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada davlat xizmatchilarining malakasini oshirish jarayonlarini samarali
boshqarish, mazkur yo‘nalishdagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar, davlat xizmatchilarining
malaka oshirish jarayonlari natijadorligini baholash mexanizmlari o‘rganilgan, “Kirkpatrik”
modeli ko‘rib chiqilib, tizimni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so’zlar: davlat fuqarolik xizmatchisi, raqamli ko‘nikma, elektron platforma,
kompetensiya, masofaviy ta’lim, “Kirkpatrik” modeli.
KIRISH
Zamonaviy davlat boshqaruvi tizimida davlat fuqarolik xizmatchilarining
malakasi - islohotlar samaradorligini belgilaydigan asosiy omil hisoblanadi. Davlat
xizmatchisi faqat ma’muriy vazifani emas, balki innovasion fikrlash, raqamli
texnologiyalardan foydalanish va fuqarolar manfaatini ta’minlashga mas’ul
professional shaxs sifatida shakllanishi kerak. Shu nuqtai nazardan, malaka oshirish
jarayonlarini samarali boshqarish davlat apparatining barqaror va natijaviy faoliyatini
ta’minlovchi strategik vazifadir.
O‘zbekiston qonunchiligida davlat xizmatchilarining uzluksiz malakasini
oshirishini tartibga soluvchi bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmonida davlat fuqarolik
xizmatchilarini uzluksiz malaka oshirib borish tizimi bilan qamrab olish darajasini 100
foizga yetkazish maqsad qilingan. [1]
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil
19-iyundagi “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish
hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini
shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 95-son farmonida xodimlarning davlat
fuqarolik xizmatiga qabul qilingandan boshlab butun mehnat faoliyati davomida
zarur bilim va kasbiy kompetensiyalarini uzluksiz rivojlantirishini tashkil etish va
monitoring qilish belgilangan. [2]
OECD (Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti) va World Bank (Jahon banki)
tavsiyalariga ko‘ra, malaka oshirish tizimi uzluksiz ta’lim va natijaga yo‘naltirilgan
boshqaruv prinsiplariga asoslanishi lozim. OECD va World Bank ta’kidlashicha, davlat
xizmatchilarining malakasini oshirish bir martalik jarayon emas, kasbiy hayot
davomida uzluksiz amal qilishi lozim. [3]. Buning asosiy jihatlari doimiy yangilanish 396
zarurati, ya’ni, davlat boshqaruvi tizimi tez o‘zgaruvchan muhitda (raqamli iqtisodiyot,
V SHO‘BA:
Raqamli transformatsiya va ilg‘or boshqaruv tizimlarini joriy etish samaradorligi
https://www.asr-conference.com

