Page 224 - RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
P. 224

Pedagogik  faoliyatning  maqsadi  jamiyat  tomonidan  belgilanadi,  ya’ni
            pedagogik  faoliyatning  natijasi  jamiyat  manfaatlari  bilan  bogʻliqdir.  Pedagogik
            faoliyat avlodning ijtimoiy uzviyligi (ketma-ketligi)ni taʼminlaydi. Pedagog oʻz faoliyati
            maqsadini  va  unga  erishish  yoʻllarini  aniq  tasavvur  qilishi  hamda  bu  maqsadga
            erishish  oʻquvchilar  uchun  ham  ahamiyatli  ekanligini  ularga  anglata  olishi  zarur.
            Gyote  ta’kidlaganidek:  ,,Ishonch  bilan  gapir,  ana  shunda  soz  ham,  tinglovchilarni
            mahliyo  qilish  ham  oʻz-oʻzidan  kelaveradi”.  Shunday  qilib,  pedagogik  faoliyat
            maqsadining oʻziga xosligi oʻqituvchidan quyidagilarni talab qiladi:
                  - jamiyatning ijtimoiy vazifalarini toʻla anglab, oʻz shaxsiga qabul qilishi. Jamiyat
            maqsadlarining ,,oʻsib”, uning pedagogik nuqtai nazariga aylanishi;
                  - muayyan harakat va vazifalarga ijodiy yondashishi;
                  -  oʻquvchilar  qiziqishlarini  e’tiborga  olish,  ularni  pedagogik  faoliyatning
            belgilangan maqsadlariga aylantirish.
                  Integratsion yondashuvning mohiyati. Integratsion yondashuv — bu bir nechta
            fanlarni oʻzaro bogʻliq holda, yagona maqsad sari yoʻnaltirib, oʻquvchilarda koʻp qirrali
            kompetensiyalarni  shakllantirishga  xizmat  qiluvchi  pedagogik  uslubdir.  Musiqa
            darslarida adabiyot, tasviriy san’at, tarix, geografiya kabi fanlar bilan integratsiya qilish
            orqali  oʻquvchilar  mavzularni  chuqurroq  anglaydilar  va  ular  oʻz  musiqiy  tajribasini
            boshqa fanlar bilan bogʻlab, ijodiy ifodalay boshlaydilar.
                  Maktab yoshidagi bolalarning xususiyatlari. Maktab yoshidagi bolalar (7–11 yosh)
            emotsional  jihatdan  faol,  obrazli  fikrlash  kuchli  boʻlgan,  eshitish  va  tasavvur  qilish
            imkoniyatlari  yuqori  boʻlgan  shaxslar  hisoblanadi.  Bu  yoshda  musiqiy  materiallar
            orqali  ularni  oʻrganishga,  obraz  yaratishga  va  ijodiy  ifodalashga  yoʻnaltirish  katta
            samaralar  beradi.  Aynan  integratsion  darslar  ushbu  yoshdagi  bolalarning
            qiziqishlarini uygʻotadi, yangi gʻoyalarni mustaqil yaratishga undaydi.
                  Ijodiy faoliyatni rivojlantirishda musiqa darsining oʻrni
                  Musiqa  darslari  orqali  oʻquvchilar  quyidagi  yoʻnalishlarda  ijodiy  faoliyat  olib
            boradilar:
               •  Musiqiy improvizatsiya: bolalar musiqa asboblarida erkin improvizatsiya qilish
                   orqali oʻz fikrini ifodalaydi.
               •  Qoʻshiq ijodi: oʻzlari she’r yozish, unga mos ohang tanlash yoki yaratish orqali
                   musiqiy kompozitsiyalar yaratadilar.
               •  Harakatli  faoliyat:  raqs,  ritmik  harakatlar  orqali  musiqiy  obrazni  jonlantirish,
                   oʻziga xos sahna chiqishlarini tayyorlash.
               •  Fanlararo loyihalar: musiqa bilan bogʻliq ilmiy-ijodiy ishlar, sahna koʻrinishlari
                   yoki integratsion loyiha ishlarini amalga oshirish.
                  Ilgʻor tajribalar asosida xulosalar
                  Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, integratsion musiqa darslari orqali oʻquvchilar:
               •  musiqiy madaniyatga chuqurroq kirib boradilar;
               •  oʻz fikrlarini erkin va estetik ifodalashni oʻrganadilar;
               •  boshqa fanlarga nisbatan ham qiziqishi ortadi;
               •  ijodiy fikrlash, muammoni hal qilish, estetik baholash kabi koʻnikmalarga ega
                   boʻladilar.
                  Xususan,  tajriba  darslari  asosida  aniqlanishicha,  integratsiyalashgan  musiqa
            darslarida qatnashgan oʻquvchilarning 78 foizi ijodiy faoliyatga faolroq jalb boʻlgan.
                  Musiqaning  madaniy  hayotda  tutgan  oʻrni  muhim  boʻlib,  musiqiy  taʼlim
            tarbiyani  amalga  oshirishda  uning  bosh  maqsad  va  vazifalarini  toʻliq  anglab                222
            mashgʻulotlarni samarali tashkil etish, oʻqituvchining dolzarb vazifalaridandir. Musiqa


                                                                                                           I SHO‘BA:

                                                               Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot

                                                                                         https://www.asr-conference.com/
   219   220   221   222   223   224   225   226   227   228   229