Page 225 - RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
P. 225

pedagogikasi,  uslubiy  va  moddiy  taʼminot,  musiqa  folklori,  iqtidori  cheklangan
            bolalar, vorislik qilish, spetsifik xususiyatlar, aralash dars, faol, emotsional taʼsir, ruhiy
            taʼsir,  taʼlim-tarbiya  kontseptsiyasi,  pedagogik  tafakkur  egasi,  badiiy  ehtiyoj,  badiiy
            baholash,  kuyning  oʻzgarmas  va  oʻzgaruvchan  qaytarilishi,  notaga  qarab  kuylash.
            Musiqa  madaniyati  oʻquv  predmeti  oʻquvchilarning  maʼnaviy,  badiiy  va  axloqiy
            madaniyatini  shakllantirishga,  milliy  gʻurur  va  vatanparvarlik  tarbiyasini  amalga
            oshirishga  mahorat,  nafosat,  badiiy  didni  oʻstirishga,  fikr  doirasini  kengaytirishga,
            mustaqillik  va  tashabbuskorlikni  tarbiyalashga  xizmat  qiladi.  Musiqa  madaniyati
            oʻquv fani umumiy taʼlim maktablarida oʻqitiladigan barcha oʻquv fanlari, jumladan
            adabiyot, tasviriy sanʼat, jismoniy tarbiya, mehnat va boshqa fanlar bilan bogʻlanadi.
                  Hozirgi  zamon  musiqa  muallimi  yuksak  madaniyatli,  oʻz  kasbiga  cheksiz
            sadoqat, ilgʻor pedagogik tafakkur egasi boʻlmogʻi lozim. U oʻzining uzluksiz kasbiy
            madaniy rivojlantirish qobiliyatiga ega boʻlishi shart. U musiqa, nafosat, pedagogika
            va  psixologiya-fiziologiya  fanlaridan,  xususan,  musiqa  oʻqitish  uslubiyotidan
            kompleks tarzda chuqur bilim va malakalar egasi boʻlmogʻi darkor. Ayniqsa, musiqa
            oʻqituvchisi  ixtisosida  zarur  meʼyorda  cholgʻuchilik,  xonandalik,  xor  dirijerligi  va
            musiqa nazariyotchiligi sifatlari mujassam boʻlmogʻi lozim. U milliy musiqa hamda
            oʻzbek  adabiy  tilini  mukammal  bilmogʻi,  umumbashariy  musiqa  madaniyatidan,
            kundalik musiqiy-madaniy hayotdan voqif boʻlishi shart. Musiqa muallimi pedagogik
            muloqot  ustasi  boʻlishi,  har  qanday  vaziyatda  ham  pedagogik  taʼsir  usullaridan
            unumli foydalanish qobiliyatiga ega boʻlmogʻi lozim.
                                                                          2
                  Oʻqituvchining  yuksak  pedagogik  mahorati,  bilim  darajasi  shubhasiz  ta`lim–
            tarbiyaning  muhim  omillaridan  biridir.  Pedagogik  mahorati  yuqori,  tajribali
            o`qituvchi  darsni  shunchaki  bayon  qilib  bermaydi.  Buni  musiqa  darslari  misolida
            izohlaydigan bo`lsak, o`qituvchi avvalo o`zining so`z mahorati, cholg`u asbobida
            chalish,  qo`shiq  kuylash,  turli  ko`rgazmali,  texnik  vositalardan  foydalanishi  darsni
            qiziqarli va mazmunli kechishida katta rol o`ynaydi.

                  FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
                    1.  Sh.M.Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan quraylik. –
                        T.: “Oʻzbekiston”, 2017.
                    2.  Ishmuxamedov R.J. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini
                        oshirish yoʻllari. T.2004.
                    3.  .L.B.Umurzoqova “Роль музыкального образования развитии личности” 2022.
                    4. Abralova M, Soliyeva D. Musiqa. Oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanma. Toshkent,

                        Gʻ. Gʻulom nomidagi nashriyot – matbaa ijodiy uyi, 2008 – yil.
                    5.  Qoraboyev U. Oʻzbek xalq oʻyinlari. – Toshkent, “San’at” – 2001-yil.
                    6.  Qodirov R.Boshlangʻich maktabda koʻp ovozli kuylash. – Toshkent, “Gʻ. Gʻulom.”
                        Nomidagi adabiyot va san’at nashiryoti, 1997-yil.
                    7.  Akrashina  O.A.  Методика  музыкального  воспитания  в  школе.  Москва,
                        Просвешение, 1983-yil.
                    8.  Гулов,  С.  Н.  (2018).  РОЛЬ  ЛИДЕРА  НАЦИИ  В  РАЗВИТИИ  ЭЛЕКТРОННЫХ
                        СРЕДСТВ         МАССОВОЙ           ИНФОРМАЦИИ.            Вестник        Таджикского
                        национального университета. Серия филологических наук, (2), 256-259.






            2  UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA MADANIYATI DARSLARINI TASHKIL ETISHNING ASOSIY SHAKLLARI Sadritdin   223
            Niyozivich Gulov Buxoro davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta’limi kafedrasi o’qituvchisi s.n.gulov@buxdu.uz,
            «SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5

                                                                                                           I SHO‘BA:

                                                               Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot

                                                                                         https://www.asr-conference.com/
   220   221   222   223   224   225   226   227   228   229   230