Page 281 - RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
P. 281

“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA

                                           PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH
                                                           ISTIQBOLLARI”


                  SINGAPUR MATEMATIK TA’LIM MODELI ORQALI 7-SINF GEOMETRIYA
                FANIDAN “UCHBURCHAK, UNING TURLARI VA ELEMENTLARI” MAVZUSI
                      ORQALI O‘QUVCHILARDA ALGORITMIK FIKRLASH VA MUAMMO
                                   YECHISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH


            Muallif: Toshqulov Ravshan Xursandovich
                                                              1
            Affiliyatsiya: Boysun  tumanidagi  8  –  sonli  umumiy  o‘rta  ta‘lim  maktabi  oliy  toifali
            matematika  fani  o‘qituvchisi,  Xalq  ta‘limi  a‘lochisi,  A.Avloniy  nomidagi  pedagogik
            mahorat milliy instituti mustaqil izlanuvchisi
                                                                 1
            DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17332275


            ANNOTATSIYA

            2024-2025  o‘quv  yilidan  boshlab  umumiy  o’rta  ta’lim  maktablarining  5-6  sinflarida
            matematika fanidan darslik va mashq daftarlari MMTB tomonidan yetkazib berildi. Bu darslik
            va mashq daftarlarida o‘quvchilarni fanga qiziqtirish va bilim, ko‘nikma va malakalarini yuqori
            bosqichda ko’tarishga ko’proq e’tibor qaratilgan. 7-sinf geometriya darsligida ham mavzular
            yaxshi  yoritib  berilgan.  Bu  mavzuni  yoritishda  Singapur  matematika  ta’lim  tizimidan
            foydalansak,  o’quvchilarni  mavzuni  yaxshi  tushunib  yetishlari  engil  kichadi  va  fanga
            qiziqishlari  ortib  boradi.Maqolada  ko’rsatib  o’tilgandan  tashqari  ko’rgazmali  vositalar,
            electron  doska  va  kompyuter  texnikasidan  ham  foydalaniladi.  Bu  maqoladan  yosh
            o’qituvchilar, yuqori kurs pedagogika yo’nalishlari talabalari foydalanishlari mumkin.


            Kalit  so‘zlar:  To’g’ri  chiziq,  siniq  chiziq,  ko’pburchak,  uchburchak,  o’tkir  burchakli,  to’g’ri
            burchakli,  o’tmas burchakli, teng  tomonli,  teng  yonli,  turli tomonli,  ucburchak  medianasi,
            bissektrisasi,  balandligi,  og  ‘  irlik  markazi,  ortomarkaz,  uchburchak  perimetri,  ichki
            burchaklar.


                  KIRISH
                  Geometriyada eng sodda shakllardan biri bu — siniq chiziqdir. U to‘g‘ri chiziq
            kesmalarining ketma-ket ulanib hosil qilgan shaklidir. Agar siniq chiziq yopiq bo‘lsa,
            u ko‘pburchak deb ataladi. Ko‘pburchaklar qavariq va botiq bo‘lishi mumkin.
                  Singapur modeli asosida bu tushunchani o‘quvchilarga tushuntirishda:
               •  Concrete (Amaliy bosqich): tayoqcha yoki ip yordamida siniq chiziq hosil qilish.
               •  Pictorial (Tasviriy bosqich): uni doskada chizish, shakllarini solishtirish.
               •  Abstract (Nazariy bosqich): matematik ta’rifini berish.
                  Bu  bosqichlar  orqali  o‘quvchilar  oddiy  chiziqlardan  murakkab  shakllar  hosil
            qilish algoritmini o‘rganadilar va keyinchalik ko‘pburchaklarni tahlil qila oladilar.
                  Concrete bosqich (amaliy bosqich)
                  Maqsad:
                  O‘quvchilar  siniq  chiziqning  mohiyatini  ko‘z  bilan  ko‘rib,  qo‘llari  bilan  yasab
            ko‘rib tushunadilar
                  Mashg‘ulot namunalari
               1.  Tayoqcha bilan siniq chiziq                                                                  279
                       o  O‘quvchilarga bir nechta tayoqcha beriladi.


                                                                                                           I SHO‘BA:

                                                               Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot

                                                                                         https://www.asr-conference.com/
   276   277   278   279   280   281   282   283   284   285   286