Page 578 - XORIJIY TILLARNI O‘QITISH VA TARJIMA SOHASIDA SUN’IY INTELLEKTDAN SAMARALI FOYDALANISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI
P. 578

«XORIJIY TILLARNI O‘QITISH VA TARJIMA SOHASIDA
                                         SUN’IY INTELLEKTDAN SAMARALI FOYDALANISHNING
                                                    ZAMONAVIY TENDENSIYALARI»



                         RAHBAR KADRLARNING BOSHQARUV KOMPETENSIYALARINI
                        RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK YONDASHUVLAR

                  (A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tajribasi asosida)

            Mualliflar: Qoʻysinov Odil Almurotovich , Zikirillayeva Iroda Baxodir qizi
                                                                                               2
                                                           1
            Affiliyatsiya:  Xalqaro  Nordik  universiteti  Pedagogika  fanlari  doktori,  professor ,
                                                                                                               1
            Xalqaro Nordik universiteti, 1- MPA 24 guruh II- kurs magistranti
                                                                                       2
            DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.20000406


            ANNOTATSIYA

            Mazkur  maqolada  umumiy  o‘rta  ta’lim  muassasalari  rahbarlarining  boshqaruv
            kompetensiyalarini  rivojlantirish  muammosi  kompleks  tarzda  tahlil  qilinadi.  Tadqiqot
            jarayonida  kuzatuv,  so‘rovnoma  va  pedagogik  tajriba  metodlari  qo‘llanildi.  Zamonaviy
            pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar va kompetensiyaviy yondashuv asosida ishlab
            chiqilgan modul tizimining samaradorligi amaliy jihatdan asoslab berildi. Tadqiqot natijalari
            rahbarlarning  strategik  fikrlash,  qaror  qabul  qilish  va  jamoani  boshqarish  ko‘nikmalarini
            rivojlantirishda tizimli yondashuv zarurligini ko‘rsatdi.


            Kalit  so‘zlar:  boshqaruv  kompetensiyasi,  strategik  boshqaruv,  pedagogik  texnologiyalar,
            interfaol metodlar, ta’lim menejmenti.


                  KIRISH
                  Zamonaviy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligi ta’lim sifati va natijadorligini
            belgilovchi  asosiy  omillardan  biri  hisoblanadi.  Ayniqsa,  umumiy  o‘rta  ta’lim
            muassasalari rahbarlarining boshqaruv kompetensiyalari ta’lim jarayonini samarali
            tashkil etish, jamoani boshqarish hamda ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat
            kasb etadi.
                  Bugungi  kunda  ta’lim  tizimida  yuz  berayotgan  islohotlar  rahbar  kadrlarning
            nafaqat nazariy bilimlarga, balki amaliy boshqaruv ko‘nikmalariga ham ega bo‘lishini
            talab  etmoqda.  Shu  bois  rahbarlarning  strategik  fikrlash,  qaror  qabul  qilish,
            kommunikativ va innovatsion kompetensiyalarini rivojlantirish dolzarb ilmiy-amaliy
            muammo sifatida qaralmoqda.
                  Mazkur  tadqiqot  doirasida  A.Avloniy  nomidagi  pedagogik  mahorat  milliy
            institutida  olib  borilgan  stajirovka  jarayoniga  asoslanib,  rahbar  kadrlarning
            boshqaruv         kompetensiyalarini          rivojlantirishda       zamonaviy         pedagogik
            yondashuvlarning samaradorligini aniqlashga qaratilgan.

                  ADABIYOTLAR TAHLIL
                  O‘zbekiston  Respublikasining  2020-yilda  qabul  qilingan  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi
            Qonuni  mamlakatda  ta’lim  sohasini  tartibga  soluvchi  asosiy  hujjat  sifatida  ta’lim
            tizimining zamonaviy modelini belgilab beradi. Unda ta’limning uzluksizligi, ochiqligi              576
            va sifatini ta’minlash, shuningdek, masofaviy, inklyuziv va dual ta’lim shakllarini joriy



                                                                                                          IV SHO‘BA:

                                                                       Tarjimashunoslikda sun’iy intellektdan foydalanishning lingvistik
                                                                                       muammolari va funksional imkoniyatlari
                                                                                         https://www.asr-conference.com/
   573   574   575   576   577   578   579   580   581   582   583