Page 182 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 182
GLOSSARIY
1. Internet –dunyodagi turli xil kompyuter tarmoqlari bilan aloqa bog’lab
turishni ta’minlovchi texnik vositalar, programma ta’minoti, standart va
kelishuvlar yig’indisi.
2. HTTP (Hyper Text Transfer Protocol)–bu internet protokoli hisoblanib,
uning yordamida bir formatdagi ikki kompyuter o’zaro bog’lanib, muloqot olib
borish imkoniyatiga ega bo’ladi.
3. PPP (Post office protocol)–oddiy modem liniyalarini internetga kirishda
ishlatiladigan kanal darajasidagi protokol,( Analog Slip).
4. Telnet–uzoqda turib tarmoqdagi istalgan kompyuterni boshqarish rejimi.
5. Usenet (Usenet Wewsq roupe)-tarmoq yangiliklari va tarmoqdagi elektron
elonlar doskasini olish.
6. SLIP (Serial Line Internet Protocol)–oddiy modem liniyalarini internetga
kirishida ishlatiladigan jahon darajasidagi protokol.
7. Faks-servis-tarmoq faks serveridan foydalanib, foydalanuvchiga faksimal
aloqa orqali xabarlar jo’natish imkonini beradi.
8. Shlyuzlar-abonentga TCP/IP protokollar bilan ishlamaydigan tarmoqda
xabarlarni jo’natish imkonini beradi.
9. Elektron tarjimon–o’ziga yuborilgan matnni bir tildan ikkinchi tilga tarjima
qilib beradi.
10. UUCP–bir Unix-xoctdan boshqasiga axborotlarni nusxalash protokoli.
Ko’plab pochta almashuv sistemalari shu protokolga asoslanib tuzilgan.
11. PAP (Password authentication protocol)–serverga ulovchi parollar
sistemasi.
12. NNTP (Net News Transfor Protocol)–tarmoq yangiliklarini uzatuvchi
protokol.
13. Servis markazi–internetga ulangan ko’plab kompyuter sistemalarini
quvvatlovchi markaz.
14. Clarinet–foydalanish uchun ko’pchilik servis markazlari bilan
imzolanadigan katta yangiliklar xizmati.
181