Page 183 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 183
15. FTP (Fili Transfer Protocol)–fayllarni uzatuv protokoli; kompyuterlararo
axborot almashuvining standart usuli.
16. Veronica (Very Easy Rodent–Oriented Vetwide Index to Computer
Archives)–kalit so’zlar bo’yicha internet tarmog’ining ommaviy arxivida
axborotlarni qidirish sistemasi.
17. WWW (World Wide Web)–hujjatlararo gipermatn aloqa bog’lash
qobiliyatiga ega bo’lgan tarqoq ma’lumotlar bazasi sistemasi.
18. Netscape Communication–bu dunyodagi eng ommabop va eng ko’p
ishlatiladigan brauzer hisoblanadi.
19. Unlinked files–saytning asosiy sahifasi bilan to’g’ridan-to’g’ri
bog’lanmagan fayllar miqdori.
20. Linked files–sayt asosiy sahifasi bilan bog’langan fayllar miqdori.
21. All files–sayt barcha fayllarining miqdori va umumiy o’lchami.
22. Pictures–sayt grafik fayllarining miqdori va umumiy hajmi.
23. Slow pages–30 sekundan ortiq yuklanadigan HTML–fayllar miqdori
(«sust sahifalar.
24. Whois–Internet tarmog’ining adres kitobi.
25. WAIS (Wide Arle Information Service)–kalit so’zlar bo’yicha internet
tarmog’ining ma’lumotlar bazasida kuchli axborotlar qidiruv sistemasi.
26. Gopher–Internet zaxira va imkoniyatlarni qidirish, ularga bog’lanish va
ulardan foydalanish uchun mo’ljallangan interaktiv obolochka (qobig’)
foydalanuvchi bilan interfeys menyu sistemasi orqali olib boriladi.
27. Telnet–uzoqdan kirish. abonentga Internet tarmog’idagi istalgan EHMda
ishlash imkonini beradi.
28. LAN (local area NetWork)–geografik bir joydagi lokal tarmoq.
29. WAN (wide Area NetWork)–katta hududda joylashgan global tarmoq.
30. NSFNET–IP–texnologiyasida tashkil qilingan milliy − ilmiy fondning
xususiy tarmog’i.
31. NOC–Internet tarmoqlari orasida paydo bo’ladigan turli xil muammolarni
xal qiluvchi Internet har bir tarmog’ini xususiy ekspluatasion markazi.
182