Page 91 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 91

III-BOB. MAHALLIY TARMOQ VA INTRANET TUSHUNCHASI

                         *************************************************************


                              3.1. INTRANET VA UNI YARATISH TEXNOLOGIYALARI

                                                                Reja:



                        1. Intranet tushunchasi va uning afzalliklari.

                        2. Intranetni yaratish texnologiyalari

                        3. Mavjud kompyuter tarmogi asosida Intranet yaratish

                        4. Intranetni yangidan yaratish


                        Tayanch  iboralar:  Intranet,  HTML,  HTTP,  brouzer,  TCP/IP,  E-mail,

                  UseNet, Web-server, Gopher-server, FTP va Telnet



                        Intranet - biror yuridik shaxs(vazirlik, kompaniya, tashkilot, korxona, ta’lim

                  muassasasi va sh.u.)ga tegishli kompyuter tarmogi bo’lib, u Internetda sinovlardan

                  yaxshi  utgan  axborot  texnologiyalari  asosida  yaratiladi.  "Intranet"  tushunchasi

                  1994  yildan  boshlab,  Internetda  Web  texnologiyalari  muvaffakiyatli  sinovlardan

                  o’tib  zur  etibor  qozongandan  sung  paydo  bo’ldi.  Zero  Intranetni  Web

                  texnologiyasisiz tasavvur qilib bulmaydi. Intranet texnologiyasining asosida Web

                  texnologiyasining  asosiy  tarkibiy  qismlari-  HTML,  HTTP  va  brouzer  xamda

                  Internetning asosiy protokoli TCP/IP yotadi.

                        Intranet ananaviy kompyuter tarmoqlaridan farqli qator sifatlarga ega. Bular:

                        • Boshqaruv  va  yuridik  shaxs  faoliyati  yo’nalishlarini  avtomatlashtirishda

                  Intranet texnologiyasi uzida odatda bir-biriga zid bo’lgan markazlashtirish (nazorat

                  va  boshqaruvga  nisbatan)  va  taksimlanganlik  (Aloqa  va  ijroga  nisbatan)

                  tamoyillarini birlashtirishga imkon beradi;

                        • Axborot resurslaridan foydalanish va ularni yaratib saqlash tamoyili ko’proq

                  undan  foydalanuvchilar  manfaatiga  mos  keladi,  axborot  foydalanuvchilar  uchun

                  zarur va qulay shaklda beriladi;

                        • Axborotga kirish  universal  va  sodda,  asosan  bir  xil  brauzer  vositasida


                                                                90
   86   87   88   89   90   91   92   93   94   95   96