Page 92 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 92
amalga oshiriladi. Bu xizmatchilarga qo’shimcha qulayliklar tugdiradi.
• Resurslar ish joylarida yaratilib markazlashgan xolda, Web -serverlarda
saklanadi, unga kirish intizomi aniq belgilab qo’yiladi, axborot himoyasi
osonlashadi;
• Intranet o’ziga xos taqsimlangan dasturiy, axborot va Aloqa muhitini o’zida
mujassamlantirgan;
• Axborot oqimi matn, tasvir, audio, video kurinishida bo’lgani uchun guruhiy
faoliyatlar tele-, video-konferentsiyalar asosida yylga kuyilishi oson;
• Intranet avvalgi tarmoq turlariga nisbatan iktisodiy samarali, uni mavjud
turli-tuman vositalar, Aloqa kanallari asosida xam tez yo’lga qo’yish mumkin. Bu
investitsiyalarni iktisod qilishga imkon beradi. Intranetning xar bir ish urni
taxminan 50 AQSh dollariga tushadi.
Intranetdan yuridik shaxslar quyidagi yo’nalishlarda foydalanadilar
• Yuridik shaxs xujjatlarini elektron nashr qilib turish. Intranet serverlarida
ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar, aktsiyalar ruyxati, ichki ma’lumotnomalar,
standartlar, koidalar va umuman yuridik shaxsning elon kilinadigan xar qanday
xujjati Web - saxifalar tarzida chiqarib turiladi. Shunday qilib yuridik shaxsning
barcha xodimlari va mexmonlar uchun zarur axborot Web -saxifalarda yuritilib
boriladi.
• Yuridik shaxsning ma’lumotlar bazasi(jamgarmasi)dan foydalanish.
Intranetdan foydalanuvchi brauzer vositasida serverdagi ma’lumotlar bazasi bilan
tula ishlay oladi: server bazasidagi ma’lumotlarni uzgartish, ulardan foydalanish
uchun uning HTML shaklini olib ishlab, sungra serverga kaytarish kifoya. Server
tegishli uzgarishlarni ma’lumotlar bazasiga uzi kiritib kuyadi.
• Xat-xabar, xujjatlar bilan almashish. Buning uchun E-mail va UseNet
xizmatlarini ishga tushirib kuyish kifoya.
• Interaktiv (uzaro faol) ishlash. Buning uchun interaktiv munosabatlarni
amalga oshiruvchi Web -saxifalarni tegishli dasturlar bilan taminlab kuyish kifoya.
• Yuridik shaxsni avtomatlashtirish tizimi. Xozirgi kunda xujjatlar oqimini
Intranet asosida yo‘lga ko‘yishda marketing, buxgalteriya, reja bo‘limi, moliya
91