Page 48 - 2022 - yillik hisobot
P. 48
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi
Aksiyadorlar haqida ma’lumot:
Ustav fondidagi Aksiyalar soni,
Aksiyador nomi
ulushi, foizda (dona)
O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki 50,13 536 200
“O‘zbekiston Respublikasi tashqi 11,13 119 000
iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB 11,13 119 000
“Agrobank” ATB 8,90 95 200
“Ipak yo‘li” AITB 8,90 95 200
XATB “Orient Finans Bank” 5,76 61 600
AT “Xalq banki” 4,05 43 400
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi O‘zRVBning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi (aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi) har yili
10-iyundan 30-iyungacha, moliya yili tugaganidan keyin olti oydan kechiktirmay o‘tkaziladi.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida O‘zRVB Kuzatuv kengashi tarkibini saylash,
shuningdek O‘zRVB yillik hisoboti, O‘zRVB Ijroiya organi va Kuzatuv kengashining O‘zRVB
Rivojlanish strategiyasi maqsadlariga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi
hisobotlari va boshqa hujjatlar ko‘rib chiqiladi.
2022-yil davomida O‘zRVB aksiyadorlarining yillik va navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishlari
o‘tkazildi.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining 2021-yil yakunlari bo‘yicha yillik yig‘ilishi 2022-yil 30-iyun
kuni hamda navbatdan tashqari yig‘ilishi 2022-yil 29-dekabr kuni o‘tkazilgan bo‘lib, yig‘ilishlarda
qonunchilikka muvofiq hisobot va boshqa tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi, shuningdek tegishli
qarorlar qabul qilindi. Jumladan:
GEND O‘zRVB aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi reglamenti tasdiqlandi;
GEND O‘zRVB sanoq komissiyasi a’zolarining soni va shaxsiy tarkibi tasdiqlandi;
GEND “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” AJ (O‘zRVB) Kuzatuv kengashining 2021-yildagi
faoliyati yakunlari bo‘yicha (shu jumladan, O‘zRVB strategiyasi maqsadlariga erishish bo‘yicha
ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi) hisoboti eshitildi va tasdiqlandi;
GEND "O‘zRVB" AJ tomonidan xayriya (homiylik) va boshqa xolis ko‘mak ko‘rsatilishining yuqori
chegarasi O‘zRVBning o‘tgan yil uchun olingan sof foydasining 1 foizi miqdorida belgilandi;
GEND “Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysi” davlat korxonasi tomonidan O‘zRVBda
o‘tkazilgan 2021-yil uchun korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalari bo‘yicha xulosasi
ko‘rib chiqildi;
48