Page 45 - 2022 - yillik hisobot
P. 45
KADRLAR SIYOSATI
Kadrlar siyosati maqsadlari:
O‘zRVB kadrlar siyosati xodimlarni tanlash va qabul qilish, ularni o‘qitish va rivojlantirish
tizimi, xodimlarni rag‘batlantirish va baholash dasturi, shuningdek, ish haqini to‘lash adolatli
tizimini joriy etish orqali professional xodimlarning yagona jamoasini shakllantirishga qaratilgan.
O‘zRVB kadrlar siyosatining asosiy maqsadi xodimlarning shaxsiy maqsadlariga hamda
O‘zRVBning strategik maqsad va vazifalariga erishish zaruratini ratsionalizatsiya qilishga
qaratilgan samarali kadrlar boshqaruvi tizimini yaratishdan iborat bo‘lib, ushbu maqsad tashkilot,
uning aksiyadorlari, xodimlari manfaatlari muvozanatini saqlashni, shuningdek ular o‘rtasida
adolatli murosalarni izlashni nazarda tutadi.
Kadrlar siyosatining iqtisodiy maqsadiga muvofiq, bir tomondan, kadrlar salohiyatini
rivojlantirish uchun xarajatlar nisbatini optimallashtirishga, ikkinchi tomondan esa, tashkilotni
rivojlantirishga, shuningdek, maksimal foyda olishga qaratilgan, kadrlarga tegishli qarorlar
qabul qilinadi.
Shu bilan birga, ijtimoiy qadriyatlar va har bir xodimning farovonligiga e’tibor qaratish
O‘zRVBda olib borilayotgan kadrlar siyosatining ijtimoiy maqsadi hisoblanadi.
Bugungi kunda, O‘zRVBda ijtimoiy maqsadga erishish uchun bajarilgan ish hajmiga muvofiq
oqilona to‘lov tizimini, rag‘batlantirish va cheklovlarning birlashgan mexanizmini to‘g‘ri ishlatish,
aniq vazifalar, majburiyatlar va ko‘rsatkichlarni, shuningdek mehnat samaradorligini oshirishga
ta‘sir etuvchi rag‘batlantiruvchi omillarni belgilaydigan adolatli ish haqi tizimini yaratish bo‘yicha
chora-tadbirlar majmui amalga oshirilmoqda.
2022-yilda O‘zRVBda xodimlarini kasbiy rivojlantirish bo‘yicha ishlar davom ettirildi. Xodimlarni
o‘qitish va ularning malakasini oshirish O‘zRVB kadrlar siyosatining asosiy tamoyillaridan biri
hisoblanadi. O‘zRVB xodimlarning o‘z bilimlarini oshirish, O‘zRVBning strategik vazifalarini
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yetakchilik fazilatlari va ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha
intilishlarini doimiy ravishda rag‘batlantirib keladi.
Hisobot yilida O‘zRVBning 14 nafar xodimi, shu jumladan 2 nafar ayol xodima ta’lim
muassasalarida pullik asosda malaka oshirdi.
Kadrlar statistikasi:
Hisobot yili boshiga O‘zRVB xodimlari soni 60 kishini, 2022-yil 31-dekabr holatiga esa
55 kishini tashkil etdi.
O‘zRVB xodimlarining umumiy soni:
12 kishi 17 kishi 21 kishi
rahbar xodimlar mutaxassislar operatsion xodimlar
1 kishi 4 kishi
texnik xodim xizmat ko‘rsatuvchi
xodimlar
45