Page 40 - 2022 - yillik hisobot
P. 40

Markaziy bankning depozit auksionlaridagi o‘rtacha tortilgan foiz stavkalari 2021-yilda
            9,72 foizdan 14,0 foizgacha, 2022-yilda esa 11,65 foizdan 17,00 foizgacha o‘zgarib turdi.





                       2021-2022-yillarda Markaziy bankning depozit auksionlarida
                                         o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi


              20%




               15%



               10%



                5%
                    yan.   fev.    mart   apr.   may     iyun   iyul    avg.   sen.   okt.    noy.   dek.


                                                  2021-y.             2022-y.







                  Qarz bozori



                Qarz bozori tijorat banklari tomonidan kapitalni jalb qilish uchun asosiy savdo maydonchasi
            hisoblanib, unda turli muomala davriga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
            tomonidan chiqarilgan DQQ – davlat g‘aznachilik majburiyatlari va obligatsiyalarini, shuningdek
            Markaziy bank obligatsiyalarini joylashtirish va ikkilamchi muomalasi bo‘yicha savdolar
            o‘tkaziladi.
                2022-yil yakunlari bo‘yicha DQQ bozorida o‘tkazilgan savdolar umumiy hajmi
            97,84 trln. so‘mni tashkil  etib, o‘tgan yilning  mos ko‘rsatkichiga nisbatan  217,15 foiz yoki
            66,99 trln. so‘mga oshdi.
                DQQ bozoridagi savdolar umumiy hajmi tarkibida birlamchi savdolar ulushi 89,22 foizni
            (87,29 trln. so‘m), ikkilamchi savdolar - 10,23 foizni (10,00 trln. so‘m) va REPO bitimlar ulushi -
            0,55 foizni (0,54 trln. so‘m) tashkil etdi.
                Bundan  tashqari, 2022-yilda  DQQni  joylashtirish  tarkibida  Moliya  vazirligi  tomonidan
            chiqarilgan davlat g‘aznachilik majburiyatlari va obligatsiyalari ulushi 14,40 foizni
            (12,57 trln. so‘m), Markaziy bankning obligatsiyalari ulushi esa – 85,60 foizga (74,71 trln. so‘m)
            teng bo‘ldi.









         40
   35   36   37   38   39   40   41   42   43   44   45