Page 42 - 2022 - yillik hisobot
P. 42
Hisobot davrida O‘zRVBda o‘tkazilgan Markaziy bank obligatsiyalarini joylashtirish bo‘yicha
auksion savdolarida shakllangan o‘rtacha tortilgan daromadlilik 13,26 foizdan - 19,00 foizgacha
bo‘lgan diapazonda o‘zgarib turdi. Hisobot yili davomida Markaziy bank tomonidan bitta
auksionda 49,32 mlrd. so‘mdan 988,73 mlrd. so‘mgacha bo‘lgan hajmlar joylashtirilgan.
2022-yilda Markaziy bank obligatsiyalarini joylashtirish hajmi va
daromadliligi
1500 21%
mlrd. so‘m 1000 14% yillik daromadlilik
500 7%
0 0%
7 yan. 12 yan. 17 yan. 31 yan. 14 fev. 4 mart 14 mart 6 apr. 13 apr. 20 apr. 29 apr. 11 may 20 may 30 may 6 iyun 13 iyun 1 iyul 6 iyul 13 iyul 18 iyul 25 iyul 8 avg. 19 avg. 5 sen 7 sen 19 sen 17 okt. 24 okt. 4 noy. 7 noy. 5 dek. 26 dek.
savdo hajmi (mlrd. so‘mda) o‘rtacha tortilgan daromadlilik (yillik)
Hisobot davrida DQQning ikkilamchi bozorida 10,00 trln. so‘mlik bitimlar tuzilgan bo‘lib,
o‘tgan yilgi mos ko‘rsatkichga (3,33 trln. so‘m) nisbatan o‘sish 3 barobarni tashkil etdi.
Ta’kidlash joizki, Markaziy bankning REPO auksionlari 2020-yil fevral oyidan, dilerlararo REPO
operatsiyalari esa 2021-yil fevralidan boshlab o‘tkazib kelinmoqda. 2022-yilda Markaziy bankning
REPO auksionlari o‘tkazilmaganligi sababli REPO bitimlarining butun hajmi dilerlararo REPO
operatsiyalarga to‘g‘ri keldi.
2022-yil yakuni bo‘yicha dilerlararo REPO operatsiyalari hajmi 2021-yildagi ko‘rsatkichdan
(66,0 mlrd. so‘m) 8 baravar oshib, 542,62 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
42