Page 11 - 333333
P. 11

YouTube kanalimiz!

                  Axborotli  ob’ekt-turli  xildagi  ob’ektlarni,  ya’ni  tovush,  tasvir,  matn,  son  va
            majmuaviy  tuzilgan  elementlar,  jadval,  gipermatn,  gipermediani  tasvirlovchi
            umumlashtiruvchi  tushuncha  bo’lib,  ular  bevosita  yoki  algoritmli  ko’rinishlarda
            tasvirlanishi mumkin.
                  Axborot -inson tomonidan og’zaki (nutq shaklida), yozma (matn, jadval, rasm,
            chizma,  shartli  belgilar  ko’rinishida)  yoki  boshqa  usulda  (masalan,  tovushli  yoki
            yorug’lik  signallari,  elektrik  yoki  asabli  impulslar  yordamida)  uzatiladigan
            ma’lumotlar  birikmasi.  XX  asr  o’rtasidan  boshlab  -insonlar,  inson  va  avtomatika
            o’rtasida ma’lumot almashish, hayvonot va o’simlik olamida signal bilan almashishni
            o’z ichiga oladigan umumilmiy tushuncha.
                  Mezon-muhokama  uchun  mo’ljallangan  vosita  bo’lib,  uning  asosida  biror
            ob’ekt, maxsulot yoki jarayonni baholash, aniqlash yoki sinflashni amalga oshirilishi
            mumkin.
                  Mantiqiy  urg’u-foydalanuvchi  diqqatini  kompyuter  ekranidagi  ma’lumot
            ob’ektiga qaratish uchun yo’naltirilgan psixologik apparatli usul.
                  Model-kompyuter  texnikasi  vositalari  yordamida  matematik  uslublar  asosida
            ifodalangan, vizuallashtirish mumkin bo’lgan loyihaviy ko’rinish.
                  Modellashtirish-ob’ektlarining kompyuterli modellarida izlanishlar olib borish,
            real  mavjud  bo’lgan  narsalar,  mavjudot  va  loyihalanayotgan  ob’ektlar  kompyuterli
            modellarini qurish va o’rganish.
                  Multimediali  vositalar-turli  tipdagi  axborotlarni:  matn,  rasm,  sxema,  jadval,
            diagramma  va  boshqalarni  yaratish,  saqlash,  ishlov  berish  va  raqamlashtirilgan
            ko’rinishida amalga oshirishning kompyuterli vositasi.
                  Intellektual yadro-matematik amallarni sonli (raqamli) va simvolli ko’rinishda
            amalga oshiruvchi maxsus dasturlar majmuasi.
                  Ochiq ta’lim -masofali  o’qitish texnologiyasi va uslubini qo’llaydigan, ta’lim
            oluvchi uchun qulay ritmda ta’lim berishni ta’minlaydigan, istalgan xohlovchi uchun

            boshlang’ich  bilim  darajasini  tahlil  qilmasdan  erishish  mumkin  bo’lgan  o’qitish
            tizimi.
                  Ochiq  test  tizimlari-o’qituvchi,  uslubchi,  darslik  muallifi  uchun  yangi  test
            yaratish yoki mavjud testni o’zgartirish imkoniyatini beruvchi tizimlar.
                  Nazorat topshiriqlari:
                  1.Elektron nashr deganda nima tushuniladi?
                  2. Axborot tushunchasiga ta’rif bering.
                  3. Gipermatn va gipermediya tushunchalari mazmunini ajrating?
                  4. Ta’limni axborotlashtirish tushunchasi haqida ma’lumot bering.
                  5. Axborot tizimlari tushunchasiga ta’rif bering.
                  6. Axborotli texnologiyalarga misollar keltiring.
                  7. Axborotli va kommunikatsion texnologiyalar qanday vazifalarni bajaradi?
                  8. Ochiq ta’lim deganda nima tushuniladi.
                  Mavzu bo’yicha mustaqil ish topshiriqlari:
                  1. Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o’quv adabiyotlarining  yangi avlodini yaratish
            kontseptsiyasining asosiy mazmuni to’g’risida ma’lumot tayyorlang.
                  2. Elektron o’quv adabiyotlarining afzalliklari to’g’risida ma’lumot tayyorlang.


            Telegram kanalimiz!                                                                             11
   6   7   8   9   10   11   12