Page 6 - 333333
P. 6

YouTube kanalimiz!

                  Elektron o’quv  qo’llanma-darslikni qisman  yoki to’la  o’rnini bosuvchi,  yoki
            to’ldiruvchi  va  qo’llanma  sifatida  ta’lim  muassasalari  tomonidan  tasdiqlangan
            elektron maxsulot hisoblanadi.
                  Elektron  darsliklarni  yaratish  texnologiyalari  kursining  maqsadi  talabalarga
            elektron darsliklar  yaratish jarayoni haqida ma’lumot berishdan iborat bo’lib, unda
            elektron  darsliklar  yaratish  tartibi,  talablari,  tashkil  etuvchilari  va  yaratishda
            qo’llaniladigan      dasturiy      vositalar    va     ulardan      foydalanish      malakalari
            takomillashtiriladi.
                  Elektron darsliklarni yaratish texnologiyalari kursining vazifalari quyidagilardan
            iborat:
                   Elektron darsliklar va ulardan foydalanishning afzalliklarini ajratish;
                   Elektron  darsliklar  yaratish  tartibi  va  unga  qo’yiladigan  talablar  mazmuni
            bilan tanishtirish;
                   Elektron darsliklar yaratishda zamonaviy telekommunikatsiya va multimedia
            vositalarining o’rnini aniqlash;
                   Elektron  darsliklar  yaratishda  foydalaniladigan  dasturiy  vositalar  tarkibi  va
            ulardan foydalanish ko’nikmasini shakllantirish;
                   Elektron  darsliklardan  o’quv  jarayonida  samarali  foydalanish  metodikasi
            mazmunini tanishtirish.
                  Uzluksiz  ta’lim  tizimida  fan  va  texnologiyalarning  rivojlangani  sari  mazmuni
            tez  o’zgaruvchan,  chuqurlashtirilib  o’qitiladigan  umumkasbiy  va  maxsus  fanlar
            bo’yicha elektron o’quv adabiyotlarini tayyorlash o’qitish jarayonida yaxshi samara
            beradi.
                  Elektron  o’quv  adabiyotlari  bilim  oluvchilarning  tasavvurini  kengaytirishga,  dastlabki
            bilimlarini rivojlantirishga va qo’shimcha ma’lumotlar bilan ta’minlashga yo’naltirilgan bo’ladi.
                  Elektron o’quv adabiyotlari eng asosiy vakili elektron darslik hisoblanadi. Elektron darslik-
            kompyuter  texnologiyasiga  asoslangan  o’quv  uslubini  qo’llashga,  mustaqil  ta’lim  olishga  hamda
            fanga  oid  o’quv  materiallar,  ilmiy  ma’lumotlarning  har  tomonlama  samarador  o’zlashtirilishiga
            mo’ljallangan bo’lib:
                  - o’quv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklda;
                  - o’quv materiallar verbal (matn) va ikki o’lchamli grafik shaklda;
                  - multimedia (multimedia- ko’p axborotli muhit) qo’llanmalar, ya’ni ma’lumot uch o’lchamli
            grafik ko’rinishida, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal (matn) shaklda;
                  -  taktil  (his  qilinuvchi,  seziluvchan)  xususiyatga  ega,  ta’lim  oluvchini  kompyuter  ekrani
            olamida  o’zining  stereo  nusxalari  tasvirlangan  real  olamga  kirib  borishi  va  undagi  ob’ektlarga
            nisbatan tasavvurini yaratadigan shaklda ifodalanadi.
                  Elektron darslik-universal dasturiy ta’minotga asoslangan bo’lib, u muayyan kasbiy faoliyat
            bo’yicha  axborot,  bilim  berish  va  o’zlashtirilgan  bilimlarni  nazorat  qilishni  avtomatlashtirishga
            imkon beradi.
                  Nazorat topshiriqlari:
                  1.O’quv adabiyotlari deganda nima tushuniladi?
                  2.O’quv adabiyotlarining shakllari va turlari haqida ma’lumot.
                  3.Elektron darsliklarni yaratish texnologiyalari kursining maqsadi va vazifalarini izohlang.
                  4. Elektron o’quv adabiyotlari deganda nima tushuniladi?
                  5. Elektron o’quv adabiyotlari qanday turlarga bo’linadi?
                  6. Elektron darslik nima?
                  7. Elektron darslikning tashkiliy shakllari nimalardan iborat?
                  8. Elektron darslikdan foydalanishning afzalliklari nimalardan iborat?

            Telegram kanalimiz!                                                                             6
   1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11