Page 5 - 333333
P. 5

YouTube kanalimiz!

                  1-asosiy  savol  bo’yicha  darsning  maqsadi:  Elektron  darsliklarni  yaratish
            texnologiyalari  kursining  mazmuni,  maqsadi,  vazifalari  va  asosiy  tushunchalari
            to’g’risida ma’lumotlar berish.

                  Identiv o’quv maqsadlari:
                  1. Elektron darsliklarni yaratish texnologiyalari kursining mazmunini ochib bera
            oladi.
                  2. Elektron darsliklarni yaratish texnologiyalari kursining maqsadi va
            vazifalarini izohlay oladi.

                  1-asosiy savolning bayoni:
                  Barcha  sohalarda  bo’lgani  kabi  ta’lim  tizimida  ham  ilm-fan  taraqqiyoti
            natijalari,    shuningdek,      zamonaviy       axborot-kommunikatsiya          texnologiyalari
            vositalarining joriy qilinishi turli fan sohalarida bilimlarning tez yangilanib borishiga
            olib kelmoqda. Ta’lim oluvchilar axborot miqdori oshib borayotgan  bugungi kunda
            yangi  bilimlarni  tezda  o’zlashtirib  olishlari  uchun  o’quv  adabiyotlarining  turli
            shakllaridan  foydalanishlari  talab  etiladi.  O’quv  adabiyotlarining  mazmuni  ta’lim
            oluvchilarda  mustaqil  va  erkin  fikrlash,  olingan  bilimlarni  takomillashtirish,  yangi
            bilimlarni  turli  o’quv  adabiyotlaridan  izlab  topish  ko’nikmalarini  hosil  qilishni
            ta’minlashi kerak.
                  O’quv  adabiyotlari  muayan  ta’lim  turi  o’quv  rejasida  qayd  etilgan  fanlar
            bo’yicha  tegishli  o’quv  dasturlari  asosida  zarur  bilimlar  majmuasi  keltirilgan,
            o’zlashtirish  uslublari  va  didaktikasi  yoritilgan  manba  bo’lib,  ikki  shaklada
            tayyorlanadi: an’anaviy (bosma) o’quv adabiyotlari va elektron o’quv adabiyotlari.
                  An’anaviy  (bosma)  o’quv  adabiyotlari-ta’lim  oluvchilarning  yoshi  va  psixo-
            fiziologik xususiyatlari, ma’lumotlar hajmi, shriftlari, qog’oz sifati, muqova turi va
            boshqa ko’rsatkichlarni hisobga olgan qog’ozda chop etiladigan manbadir.

                  Elektron  o’quv  adabiyotlari-zamonaviy  axborot  texnologiyalari  asosida
            ma’lumotlarni  jamlash,  tasvirlash,  yangilash,  saqlash,  bilimlarni  interaktiv  usulda
            taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo’lgan manbadir.
                  Uzluksiz  ta’lim  tizimi  o’quv-tarbiyaviy  jarayonida  o’quv  adabiyotlarining
            quyidagi  turlari  qo’llaniladi:  darslik,  o’quv  qo’llanma,  lug’at,  izohli  lug’at,
            ma’lumotlar  to’plami,  lektsiyalar  kursi,  lektsiyalar  to’plami,  metodik  ko’rsatma,
            metodik qo’llanma, sharh, dayjest, elektron dasrlik, ma’lumotlar banki va boshqalar.
                  Darslik-o’quv  fani,  uning  biror  yo’nalishi  yoki  tarkibiy  qismining  davlat
            standartlariga va o’quv dasturiga mos holda, yuqori ta’lim muassasalari tomonidan
            tasdiqlangan sistemali ravishda bayon etilgan o’quv maxsulotidir.
                  Elektron  darslik-yangi  axborot-kompyuter  texnologiyalari  asosida  va  yuqori
            ilmiy va metodologik darajada yaratilgan Davlat ta’lim standarti mutaxassisliklari va
            yo’nalishlarining mayyan o’quv fani (yoki bir necha fan)ga to’la mos kelgan asosiy
            o’quv elektron maxsuloti hisoblanadi.
                  O’quv  qo’llanma-darslikni  qisman  yoki  to’la  o’rnini  bosuvchi,  yoki
            to’ldiruvchi  va  qo’llanma  sifatida  ta’lim  muassasalari  tomonidan  tasdiqlangan
            mahsulotdir.


            Telegram kanalimiz!                                                                             5
   1   2   3   4   5   6   7   8   9   10