Page 2 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 2
Taqrizchilar:
S. M. Boltaev “Termiz Agrotexnologiyalar va rivojlanish insituti
“Agronomiya, qishloq xo‘jalik ekinlar seleksiyasi va
urug‘chiligi kafedrasi” professori q.x.f.d.
D. Burxanova ToshDАU “Аgrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi”
dotsenti, q.x f.f.d. (PhD)
Ushbu o‘quv qo‘llanmada ilmiy tadqiqot olib borish uslublari
haqida tushuncha, qishloq xo‘jalik ekinlari etishtirishda zamonaviy,
energiya tejovchi yangi texnologiyalarni qo‘llash va shu sohada qishloq
xo‘jalik mahsulotlari etishtirishni keskin oshirish usullari yoritilgan.
Qo‘llanma talabalarning “Agrokimyoda ilmiy tadqiqot uslublari”
fanidan olgan nazariy va amaliy bilimlarini to‘la o‘zlashtirib olishlarida
yordam beradi. Bunda har bir o‘rganiladigan vazifa o‘quv rejasiga
muvofiq ravishda bajariladi.
Qo‘llanmada amaliy va nazariy mashg‘ulotlarni bajarish uslubi
yoritilgan bo‘lib, har bir mashg‘ulotda o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha
talabalarga:
- ilmiy ish mavzusini davr talabi asosida to‘g‘ri tanlab, bunda
asosiy e’tiborni energiya va mablag‘ tejovchi texnologiyalarga qaratish;
- qishloq xo‘jaligida olib borladigan ilmiy tadqiqotlarni uslubiy
jihatdan to‘g‘ri bajarilishini ta‘minlash;
- ilmiy tadqiqotlarni to‘g‘ri qo‘yilishini, bunda variantlarni
qaytariqlar va yaruslar bo‘yicha uslubiy jihatdan to‘g‘ri joylashtirish;
- tajribada hisob ishlari va fenologik kuzatuvlarni to‘g‘ri va aniq
bajarish;
- ilmiy tadqiqotlarda boshqa fanlarning yutuqlari va asosiy
qonunlaridan to‘g‘ri foydalanish va ular asosida ish yuritish;
- hosildorlikni to‘g‘ri dispersion tahlil qilish;
- laboratoriya tahlillarini uslubiy jihatdan aniq va to‘g‘ri bajarish;
- laboratoriya va dala daftarini to‘g‘ri yuritish;
- ish daftari, uslubiy loyiha va hisobotlarni to‘g‘ri bajarish;
2