Page 6 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 6
KIRISH
Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni oshirishning asosiy
omillaridan biri-qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan mineral o‘g‘itlardan
samarali foydalanishdir. Bunda ishlab chiqarilayotgan mineral o‘g‘itlar
turini kengaytirish, hom-ashyo zahiralaridan samarali foydalanish orqali
mahsulot ishlab chiqarishning iqtisodiy tejamkor va ekologik samarador
texnologiyalarni yaratish, ishlab chiqarishga tadbiq etish muhim
masalalardan biridir.
Bugungi kunda butun yer yuzida oziq-ovqat xavfsizligi muammosi
turgan bir vaqtda, donli ekinlar bilan birgalikda sabzavot ekinlarining
ham ahamiyati ortib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining
asosiy mahsuloti paxta va g‘alladir, bunda yiliga o‘rtacha paxtadan 3,5
mln tonna, g‘alladan 7-8 mln tonnadan oshirib barqaror hosil olinmoqda.
Ma‘lumki, g‘o‘za o‘simligidan bir tonna paxta olish uchun yiliga
tuproqdan 45-50 kg azot, 15-20 kg fosfor, 45-50 kg kaliy, bir tonna
bug‘doy doni va shunga teng miqdorda somoni uchun esa tuproqdan 35
kg azot, 10-13 kg fosfor, 24 kg kaliy o‘zlashtiradi. Bu esa qishloq
xo‘jalik mahsulotlari etishtirishda (faqatgina paxta va don bo‘yicha).
Respublika bo‘yicha 420 ming tonna azot, 127,5 ming tonna fosfor va
337.5 ming tonna kaliy o‘zlashtirib ketishiga olib keladi deganidir.
Bundan tashqari yiliga o‘rta hisobdaa 12,5-13,0 mln tonna sabzovot
va kartoshka, 1,8-2,0 mln tonna poliz mahsulotlari, 1,5-1,6 mln tonna
uzum, 2,7-2,8 mln tonna meva etishtiriladi, shu bilan birga boshqa
turdagi qishloq xo‘jalik ekinlari mahsulotlari ham tuproqdan o‘zi bilan
birga katta miqdordagi ozuqa moddalarini o‘zlashtirib ketadi.
Bu esa o‘z navbatida olib chiqilgan oziqa moddalari tuproqqa
qaytarilmasa, ularning salbiy balansini yuzaga keltiradi.
Rivojlangan davlatlar o‘z taraqqiyotini yangi texnologiyalar yaratish
va joriy etish hisobiga shakilantiriladi. Shu tufayli ta‘lim tizimini yanada
takomillashtirish, ilm-fanni rivojlantirish, yuqori intellektual tafakkurga
ega yosh mutaxassislar tarbiyalash eng dolzarb vazifalardan biri
xisoblanadi.
6