Page 8 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 8

qaratiladi.  Fanning  asosini  tajriba  olib  borilishidagi  metodik  talablar,

              ya’ni  tajribalarni  ilmiy  asosda  to‘g‘ri  qo‘yilishi,  barcha  ilmiy
              tadqiqotlarni uslubiy jihatdan to‘g‘ri bajarilishi tashkil etiladi.

                   Ilmiy tadqiqot ishlari fani-ilmiy tadqiqot turlari, ularni o‘ziga xos

              xususiyatlari,  tadqiqot  elementlari,  ilmiy  tadqiqotlarga  qo‘yiladigan
              standart  talablar,  tajribalarni  tashkil  etish,  qo‘yish  va  olib  borish

              uslubiyatlarini,  ilmiy  ishlarda  xujjat  ishlarini  yuritish  hamda  olingan

              natijalarni statistik tahlil qilish qonuniyatlarini o‘rgatadi.
                   Ilmiy  tadqiqot  olib  borish  uslublarini  o‘qitish  o‘ziga  xos

              xususiyatlarga ega. Bir qarashda bu fan juda qiyin va juda oson bo‘lib

              tuyulishi  mumkin.  Ilmiy  tadqiqot  ishlari  fanini  o‘zlashtirishda  asosiy
              e’tibor o‘qitishga emas, balki o‘qishga qaratilishi maqsadga muvofiqdir.

              Ya’ni  talabalar  bu  fanni  kelajakda  kerakligini  xis  qilgan  xolda  fanni

              puxta o‘zlashtirib o‘rganishlari lozim.
                   Ma’lumki, xar qanday fanning, shu jumladan, “Agrokimyo” fanini

              o‘zlashtirish  ikki  yo‘nalishda  talaba  va  magistrlarga  nazariy  hamda

              amaliy bilimlar berish orqali amalga oshiriladi.
                   Ilmiy tadqiqot ishlari fanini puxta o‘zlashtirish uchun asosiy e’tibor

              amaliy  mashg‘ulotlarga  qaratilishi  maqsadga  muvofiqdir.  Bu  fan
              bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar bevosita tajriba dalalarida olib borilsa va

              amaliy mashg‘ulotlarni o‘qitishga tajribali mutaxassislarni jalb qilinishi

              o‘qitish  sifatini  yanada  oshiradi.  Yosh  talaba  yoki  magistrlar  fan
              to‘g‘risidagi  nazariy  va  amaliy  bilimlarni  o‘n  martda  eshitgandan  bir

              martda  ko‘rgani  va  o‘zlari  bevosita  ilmiy  tadqiqot  jarayonida  ishtirok

              etganlari ko‘proq ahamiyat kasb etadi.


                                FANNING MAQSADI VA VAZIFALARI
                   Ilmiy  tadqiqot  ishlari  faning  maqsadi-qishloq  xo‘jalik  ekinlari

              etishtirishning  zamonaviy,  energiya  tejovchi  yangi  texnologiyalarni

              qo‘llash va shu sohada qishloq xo‘jalik mahsulotlari etishtirishni keskin
              oshirish,  mahsulot  sifatini  yaxshilashdan  iboratdir  bunda  quydagi

              texnologiyalardan foydalanish mumkin:

                   Ekstensiv texnologiyalar - o‘g‘itlar va boshqa kimyoviy vositalarni
              qo‘llamasdan         tuproqning        tabiiy      unumdorligidan          foydalanishga


                                                            8
   3   4   5   6   7   8   9   10   11   12   13