Page 12 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 12

Har  qaysi  davrda  olimlarning  ilmiy  ishlari  qadirlanib  kelingan  va

              ular xurmatda bo‘lganlar. Masalan, IX-X asrda yashab ijod qilgan buyuk
              sharq  olimi  Abu  Nasr  al-Farobiy  o‘z  ilmiy  asarlarida  fan  va

              amaliyotning  uyg‘unligiga  katta  e’tibor  bergan,  Muallif  o‘zining

              “Mantiq”  nomli  asarida  “Fikrning  kuchi  ong  faoliyati  hisobiga
              mantiqan to‘g‘ri amalga oshiilgan xollardagina dolzarb bo‘la oladi”,

              deb ta‘riflaydi.

                   XV asr olimi  Mirzo Ulug‘bek “Har  qanday  yangilik  ma’lum  bir
              uslubiyotga asoslanib o‘rganilganda va amaliyotga keng tadbiq etilgan

              taqdirdagina qadirlidir”, deb ta’kidlaydi.

                   Yangi  g‘oya  va  fikrlarni  yaratish  va  o‘rganish  o‘rta  asrlarda  bir
              qator olimlarning  ilmiy ishlarida o‘rganilgan bo‘lsada, “Ilmiy tadqiqot

              uslublari” fani fan sifatida shakillanishi XIX asrning oxiri XX asrning

              boshlariga to‘g‘ri keladi.
                   Ilmiy  agrokimyo  insoniyatining  qishloq  xo‘jalik  mahsulotlariga

              bo‘lgan  talabining  ortib  borishi  bilan  rivojlana  boshlagan.  Bundan

              tashqari, yil sayin o‘zlashtirilayotgan maydonlar kamayib borayotganligi
              sababli,  o‘sib  borayotgan  ehtiyojini  oddiy  kuzatish  orqali  olingan  fan

              yutuqlarini ishlab chiqarishga tadbiq etishni talab qila boshladi. Shundan
              boshlab  o‘simliklarni  va  ularning  tashqi  muhitga,  oziqa  elementlariga

              bo‘lgan munosabatlarini aniq o‘rganishni taqazo qila boshladi va ilmiy

              agrokimyo alohida fan sifatida rivojlana bordi.
                   Dastlab, kichik-kichik maydonlarda kuzatishlar olib borilgan bo‘lsa,

              keyinchalik  shu  maydonlar  bazasida  ilmiy  tekshirish  stansiyalari  va

              institutlari  tashkil  etila  boshlandi.  Ilmiy  agrokimyoning  asosi  bo‘lgan
              tajribalar va kuzatishlarga  G‘arbiy Evropada katta xissa qo‘shgan olim

              J.V.  Bussengo  (1802-1887)  hisoblanadi.  U  birinchi  bo‘lib  tajribalarda,
              olib borilgan kuzatishlari va ularning natijalariga xujjat yurgizishni taklif

              etadi.  1634-36  yillarda  almashlab  ekishda  azot  balansini  o‘rganadi.

              Bundan tashqari biror bir narsani xal qilishda unga alohida kuzatishlar
              olib  borish  kerakligini  izohlab  berdi.  Bu  ilmiy  va  ishlab  chiqarishda

              katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatib o‘tdi.

                   XIX asrning birinchi yarmida (1850) Angliyaning Rtamstad tajriba
              stansiyasida D.Loos va D Gilbertlar donli ekinlar (kuzgi bug‘doy, arpa,


                                                           12
   7   8   9   10   11   12   13   14   15   16   17