Page 16 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 16

Professor G‘.Qurbonov, A.Omonov, N.Xalilov, R.Siddiqov singari

              olimlar  g‘alla  ekinlari  morfologiyasi,  biologiyasi  va  etishtirish
              texnologiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borildi.

                   Respublikamizda  fitopatologiya  faning  shakillanishida  professor

              N.S.Mirpo‘latova,  Karimov  singari  olimlarning,  entomo‘logiyaning
              shakillanishida X.X.Kimsanbaevning xizmatlari katta.

                   Dastlab  ilmiy  tadqiqotlar  judda  sodda  usullarda,  kichik  tajriba

              dalalarida  olib  borildi.  Keyinchalik  dastlabki  tajriba  stansiyalari,  bir
              qancha  filiallari  mavjud  bo‘lgan  ilmiy  tadqiqot  institutlari  va  boshqa

              qishloq xo‘jalik tashkilotlari shakillandi.

                   O‘tgan  asrning  yigirmanchi  yillarigacha  Markaziy  Osiyoda  ilmiy
              tadqiqot  muassasalari juda kam  bo‘lgan. 1921-1926  yillarda  Turkiston

              seleksiya  stansiyasi,  so‘ngra  Markaziy  seleksiya  stansiyasi  tashkil

              etilgan,  keyinchalik  u  Seleksiya  institutiga  aylantirildi.  Shuningdek
              Oqqovoq  tajriba  stansiyasi,  o‘g‘itlash  stansiyasi,  mashinalarni  sinash

              stansiyasi,  tuproqshunoslik,  suv  xo‘jaligi  insnitutlari,  paxta  tajriba

              zavodi va boshqalar tashkil etildi.
                   O‘ZPITI 1929 yilning 18-iyulida tashkil etilgan. O‘ZPITI va uning

              viloyatlardagi  filiallari  paxtachilik  sohasidagi  ilmiy  tadqiqot  ishlari
              bilan shug‘ullanadi.

                   1930  yilda  Tuproqshunoslik  va  gieobatanika  instituti,  1954-yilda

              O‘rta  Osiyo  sug‘oriladigan  dehqonchilikni  mexanizatsiyalash  va
              elektrlashtirish        ilmiy        tekshirish        instituti      tashkil       etilgan.

                     Lalmikor  dehqonchilik  instituti  1937-yilda  tashkil  etilgan.Bu

              institut  bahorgikor  dehqonchilikning  agrotexnikasi  va  ana  shu  sharoit
              uchun navlar yaratish bilan shug‘ullanadi.

                   Sholichilik instituti 1926-yilda tashkil etilgan. Institutning vazifasi
              sholining  yangi  navlarini  yaratish  va  sholi  urug‘chiligi,  sholichilikda

              ekinlarni  navbatlab  ekish,  va  boshqa  sholichilik  masalalarini  ilmiy

              jixatdan ishlab chiqishdan iborat.
                   Sabzavotchilik  tajriba  stansiyasi  1933  yilda  tashkil  etilib

              keyinchalik ilmiy tadqiqot institutiga aylantirilgan.

                   Lub ekinlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari 1930 yilda Uzbekiston
              lub ekinlari stansiyasi tomonidan boshlangan.


                                                           16
   11   12   13   14   15   16   17   18   19   20   21