Page 20 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 20
variantlari bir yoki bir necha variantlar bilan taqqoslanadi. Bu variantlar
kontrol yoki standart varianti deb yuritiladi.
Odatda kontrol variant sifatida ishlab chiqarishda keng joriy etilgan
variant tanlanadi. Ya’ni, yangi tavsiya e’tilayotgan texnologiya mavjud
texnologiyadan ustunlikka ega bo‘lishi lozim. Ayrim tajribalarda kontrol
variantlar bilan birga absolyut kontrol variant (mutloq nazorat) ham
mavjud.
Absolyut kontrol variant omillarga yoki yangi texnologiyalarga
to‘g‘ri iqtisodiy baho berish uchun zarur. Absolyut nazorat varianti
bo‘lmasa, mineral o‘g‘itlar samaradorligini to‘g‘ri baholab bo‘lmaydi.
Masalan, agrokimyoviy tajribalarda mineral o‘g‘itlar mutloq kontrol
variantga solinmaydi va mineral og‘itlar samaradorligi mutloq kontrol
variantga nisbatan o‘rganiladi.
Sug‘orish bilan bog‘liq dala tajribalarida absolyut nazorat variantida
sug‘orish olib borilmaydi va sug‘orish meyorining samaradorligi mutloq
nazorat variantiga taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi.
Dala tajribalarining asosiy elementlari. Dala tajribalari o‘zining
oldiga qo‘ygan muammo va maqsadlarining turlariga qarab, qishloq
xo‘jalik ishlab chiqarishiga keltiradigan foydasi ham har xil bo‘ladi.
Shuning uchun dala tajribalarida o‘rganilayotgan omillaming ta’siri,
ya’ni ilmiy ishning mavzusi aniq, dolzarb bo‘lishi, tajribadan olingan
natijalar ham shu tabiiy talablarga to‘g‘ri javob berishi kerak. Dalada
o‘tkaziladigan tajriba ishlari o‘zlarining texnika bilan ta’minlanish
jihatidan amaliy sharoitga qanchalik yaqin tursa, ulaming natijasi ham
ishlab chiqarishning bevosita talablariga shunchalik aniq javob bera
oladi.
Dala sharoitida o‘tkaziladigan har bir tajribaning ilmiy qiymati,
miqdori va natijalarining ishlab chiqarishga joriy etish darajasi ko‘p
jihatdan mavjud bo‘lgan uslubiyatga amal qilinishiga bog‘liq.
Tajribadan olinayotgan ma’lumotlami yanada to‘ldirish maqsadida
o‘rganilayotgan ba’zi bir omillar mayda bo‘laklarga bo‘linib, alohida
uslubiy ko‘rsatmalar orqali bajariladi va ma’Iumotlar jamlanib, to‘liq
hamda aniqroq xulosalarga kelinadi.
20