Page 24 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 24

hollardagina,  ya’ni  variantlaming  samaradorligini  aniqlash  qiyin

              bo‘lganda,  kichik  me’yorlarda  ishlatiladigan  mikro  o‘g‘itlar  va
              stimulyatorlar  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  tajribalarda  takrorlanishlar  soni  8

              tadan ortiq bo‘lishi mumkin. Hamma boshqa hollardagi dala tajribalarda

              qaytariqlar  soni  3  va  4  tadan  kam  bo‘lmasligi  kerak.  Ba’zi  dala
              tajribalarining  natijasi  yilning  ob-  havo  sharoitiga  bog‘liq  bo‘ladi.

              Shuning uchun ko‘pchilik hollarda ishonchli va aniq natija olish uchun
              tajribani maydonlar bo‘yicha takrorlashlar bilan bir qatorda yil bo‘yicha,

              vaqt bo‘yicha ham takrorlash zarur.
                   Bu  vaqt  xulosalarining  ishonchliligini  oshiribgina  qolmay,  balki

              ayrim hollarda quruq, mo‘tadil, nam yillarda o‘rganiladigan usullarning

              nisbatan  samaradorligi  to‘g‘risida  juda  qimmatli  qo‘shimcha
              ma‘lumotlar  olishga  ham  imkon  beradi.  Tajribalar  vaqt  bo‘yicha

              taqrorlanishiga  ko‘ra  qisqa  muddatli,  ko‘p  yillik  uzoq  muddatli  -

              davomiy  tajribalarga  bo‘linadi.  Qisqa  muddatli  tajribalaming
              davomiyligi 3-10 yilgacha, ko‘p yillik tajribalarning davomiyligi 10-50

              yilgacha,  uzoq  muddatli  davomiy  tajribalar  esa  50  yil  va  undan  ham
              uzoq  davom  etadi.  Tajribada  bir  dona  variant  joylashgan  maydon

              delyanka deb ataladi.
                   Odatda delyanka tushunchasi seleksiya va urug‘chilik bilan bog‘liq

              ilmiy  tadqiqotlarda  ko‘proq  ishlatiladi.  Chunki,  seleksiya  va

              urug‘chilikda  yuzdan  ortiq  turli  nav,  duragay  va  namunalardan
              foydalanib,  ularning  har  biri  alohida  delyanka  hisoblanadi.  Tajribani

              to‘g‘ri va sifatli bajarilishida himoya maydonlari katta ahamiyatga ega.

              Himoya maydonlari yon va chegaraviy himoya maydonlariga ajraladi.
                    Dala  tajribasida  yon  himoya  maydonlari  o‘lchami  asosan

              delyankalarni tutash joylarida variantlaming bir- biriga ta’sirini hisobga
              olgan  holda  belgilanadi.  Ayniqsa,  mineral  oziqlantirish,  sug‘orish  va

              tuproqqa ishlov berish bilan bogl’iq ilmiy tadqiqotlarda bir-biriga tutash
              bo‘lgan  delyankalaming  bir-biriga  ta‘siri  yuqori  bo‘ladi.  Bunday  holat

              tajriba  xatoliklarini  keltirib  chiqarishi  mumkin.  Odatda  sug‘oriladigan

              sharoitda  olib  boriladigan  dala  tajribalarida  variantlaming  ikki  yon
              tomonida 1-2 qator egat himoya maydon uchun joy ajratiladi. Shundan

              kelib chiqqan holda, yon himoya maydon kengligi 0.6-1.8 metr bo‘ladi.



                                                           24
   19   20   21   22   23   24   25   26   27   28   29