Page 26 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 26
Yuqorida ta’kidlanganidek, variantlar orasida va qaytariqlar orasida
ma’lum bir o‘lchamda himoya maydon ajratiladi. Masalan, har bir
variantning umumiy maydonining 50% ni hisobli maydon tashkil etsa,
50% ni himoya maydon tashkil etadi. Delyankalaming himoya maydoni
umumiy maydonning yarmidan oshib ketmasligi kerak.
Himoya maydonlar odatda delyankalaming ikki yo‘nboshida ya’ni
himoyalanuvchi qismida joylashadi. Himoya maydonining asosiy
vazifasi variantlaming bir-biriga bo‘lgan ta’sirini kamaytirish,
tajribaning ishonchlilik darajasini oshirish hisoblanadi. Masalan, mineral
oziqlantirish bilan bogliq tajribalarda mineral oziqlantirishning ijobiy
ta’siri unga chegara bo‘lgan nazorat variantda ham kuzatilishi mumkin.
Shu tufayli har bir delyankaning ikki yonboshida himoya maydon
qo‘yiladi. Delyankalarda asosiy hisobli maydon va himoya maydonning
umumiy tuzilishi 2-rasmda keltirilgan.
a A A a
2 - rasm Tajriba delyankasining tuzilishi
a-delyankaning himoya maydoni,
A-delyankaning uchyotlar olib boriladigan maydoni
Delyankalaming yo‘nalishi va shakli. Tajribaning ishonchliligi
ma’lum darajada delyankalaming yo‘nalishiga, ya’ni ulami dala
maydoni bo‘yicha joylashuviga bog‘liq.
O‘rganilayotgan tajriba delyankalarini uzun tomonlari bo‘yicha,
tuproq unumdorligi kuchliroq o‘zgarayotgan yo‘nalishi bo‘yicha
joylashtirilsa to‘g‘ri bo‘ladi. Bunday holda barcha variantlar bir xil
sharoitga qo‘yilgan bo‘lib, ularning samaradorligini baholashda xatolik
kuzatilmaydi. Boshqa barcha holatlarda delyankalami biron bir
orientatsiya bo‘yicha joylashtirilganda ma‘lum darajada tajriba
maydonidagi tuproq unumdorligi o‘zgarishini qamrob oladi, Bu, o‘z
navbatida, tajriba natijalarining ishonchliligiga salbiy ta’sir etib,
tajribaga to‘g‘ri baho berishni qiyinlashtiradi.
Ma‘lumki, tuproq unumdorligini va o‘simlik etishtirishdagi boshqa
sharoitlaming o‘zgarishi, ayniqsa qiyaliklarda yaqqol namoyon bo‘ladi.
26