Page 29 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 29
ILMIY TADQIQOT USULLARI VA FANNING
NAZARIY ASOSLARI
Agrokimyo - kompleks fandir. Bu fan o‘simliklani etishtirish
agrotexnikasi va qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hosildorligini oshirish
va uning sifatini yaxshilashni nazariy asoslarini ishlab chiqadi. Ushbu
muammoni hal qilishning asosiy omillari bo‘lib, doimiy ravishda ilmiy
bilimlami oshirib borish, ya’ni qishloq xo‘jalik ekinlarining yangi
navlarini etishtirish, navlarni o‘ziga xos bo‘lgan yangi agrotexnik
tadbirlarini ishlab chiqishlar hisoblanadi. Bular esa o‘z yo‘lida ilmiy
tekshirish ishlarini amalga oshirish, madaniy ekinlarning biologiyasini,
hayot faktorlariga taladini aniq sharoit uchun mos holda ishlab
chiqarishlar orqali amalga oshiriladi.
Ilmiy tekshirish ishlari hamma fanlarda ham nazariy yoki amaliy
yo‘l bilan hayotning qonuniyatlarini tushuntirib beradi. Ilmiy
agrokimyoni o‘rganish uchun oldiga qoyilgan masalalarning
murakkabligiga nazariyi bilan amaliyotni ajratish uchun imkon beradi.
Olib borilgan kuzatishlar, tajribalar va shu nazariyalar asosida olib
borilgan eksperimentning natijalarini umumlashtirish ilmiy nazariyaning
asosi bo‘iib hisoblanadi.
Ilmiy agrokimyo- nazariy asoslarini ishlab chiqishda va qishloq
xo‘jalik o‘simliklaridan yuqori hosil olishda asosan ikki xil ilmiy
kuzatishlami asos qilib oladi.
1. Kuzatish.
2. Eksperiment (tajribalar).
Kuzatish deganda, o‘rganilayotgan omillami o‘simlikka son va sifat
jihatdan ta’sirini kuzatib, qayd etilib borilishiga aytiladi. Kuzatish
vegetatsiya davri boshlanishidan vegetatsiya oxirigacha, ayrim
tadqiqotlarda yil davomida olib boriladi. Ob-havo stansiyalarida har
kuni havoning harorati va yog‘in miqdori kuzatilib hisobga olib boriladi.
Qishloq xo‘jaligida esa tuproq tarkibidagi namlikni, ozuqa
elementlar miqdorini, har xil navlarni tashqi muhitga chidamlilik
hususiyatlari va o‘simliklami suvga bo‘lgan talablari kuzatib boriladi
hamda hisobga olinadi. Kuzatilayotgan yoki hisob olib borilyotgan
29