Page 32 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 32

ILMIY AGROKIMYONING KUZATISH USULLSRI


                   Ilmiy agrokimyoning boshqa fanlardagi mavjud kuzatish usullaridan

              keskin farq qiladigan va o‘ziga xos bo‘lgan bir necha xil uslublari bo‘lib,

              bu uslublaming o‘zi ham mazmuni va maqsadi bo‘yicha, bajarilishi bilan
              bir-biridan  farq  qiladi.  Ilmiy  agrokimyoning  asosan  quyidagi  kuzatish

              usullari  agrokimyoda,  o‘simlikshunoslikda,  dehqonchilikda  keng

              qo‘llaniladi:
                   1. Labaratoriya,

                   2. Vegetatsion,

                   3. Lezimetrik,
                    4. Dala tajriba.

                   Ushbu  kuzatish  usullari  orqali  qishloq  xo‘jalik  o‘simliklari  ustida

              kuzatish  ishlari  olib  boriladi,  ma’lumotlar  olinadi  va  shu  ma’lumotlar
              asosida  aniq  kuzatish  olib  borilgan  xo‘jalik  va  konkret  sharoit  uchun

              tavsiyalar beriladi. Labaratoriya kuzatish usuli, asosan hamma sohalarda

              o‘rganilayotgan  faktlar  va  ulaning  qishloq  xo‘jalik  ekinlarining
              urug‘lariga,  o‘simliklarga  ta‘siri  labaratoriya  sharoitida  o‘rganiladi.

              Bunda  ma’lum  bir  sharoit  yaratilib,  aniq  xulosa  olish  mumkin.  Misol
              uchun  chigitlarning  unuvchanlik  darajasini  aniqlash.  Bunda  chigitning

              unishi uchun zarur bo‘lgan namlik, yorug‘lik va harorat sun’iy ravishda

              yaratiladi. Ushbu maqsadlardagi tajribalar termostadlarda, bokslarda, ob
              -  havo  kameralarida  o‘tkazilib,  sun’iy  usulda  yaratilgan  faktor  sozlab

              turiladi.

                   Labaratoriya  tajribalarida  ko‘pincha  mineral  o‘g‘itlaming  aniq
              o‘zlashtirish  koeffitsienti,  pestitsid  va  har  xil  kimyoviy  moddalaming

              miqdori  organizmlarga  ta’siri  ham  o‘rganiladi.  Labaratoriya  kuzatish
              usulining  qulay  tomoni  shundan  iboratki,  sodir  bo‘lgan  holatda

              faktorlaning  ta‘siri  qanchalik  qismga  ega  ekanligini  aniqlash  imkonini

              beradi. Buning uchun maxsus mikrobiologik, bioximik va bakteriologik
              laboratoriyalar mavjud bo‘lib, bularda hosilni shakllantirishdagi muhim

              faktorlar o‘rganiladi. Labaratoriya kuzatish usuli bo‘yicha ish olib borish

              uchun  maxsus  uslublar  mavjud  bo‘lib,  ushbu  uslublarda  bajariladigan
              ishlarning usullari va bosqichlari ko‘rsatilgan bo‘ladi.


                                                           32
   27   28   29   30   31   32   33   34   35   36   37