Page 31 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 31

hamma vaqt shu haqida o‘ylaganini aytgan. Shuning uchun kuzatuvchi

              tajriba o‘tkazuvchi hamma vaqt izlanishda bo‘lishi shart.
                   Charlz  Darvin  iborasi  bilan  aytganda:  Dohiy  -  bu  sabr  toqatdir.

              Kuzatuvchining muvofaqqiyatini  juda ko‘p jihatdan fanga, ilmiy ishga

              bo‘lgan  muhabbatiga,  bardoshiga  va  to‘g‘ri    tasavvur  qilishiga
              bog‘liqdir.

                   B.A.  Dospexovning    ta’kidlashicha,  olib  borilayotgan  ilmiy

              ishlarning  samaradorligi  va  uning  sifati  ko‘p  jihatdan  tajriba  olib
              borilgan kuzatishga aniqlik darajasi, uning uslubiga bog‘liqdir.

                   Agrokimyoda  ilmiy  ish  fani  asosan  qishloq  xo‘jaligida  ilmiy

              ishlarning  rejalashtirish  usullarini,  o‘tkazish  texnikasini,  ko‘p  yillik  va
              ko‘p faktorlik usulda o‘tkazishni o‘rgatadi. Qishloq xo‘jaligidagi ilmiy

              agrokimyoning    o‘rganilayotgan  ob’ektining  keng,  ko‘p  qirrali  va

              kuzatish  usullarining  xilma-xilligi  uchun  aniq  fanlar  -  kimyo,
              matematika,  fizika,  fiziologiya  kabilar  bilan  birgalikda  bajariladigan

              uslublardan foydalaniladi.


                                                 Nazorat savollari

                   1. Ilmiy  agrokimyoning  nazariy  asoslarini  ishlab  chiqishda  va
              qishloq  xo‘jalik o‘simliklaridan yuqori hosil olishda qanday kuzatishlar

              asos qilib olinadi?

                   2. O‘simliklarni kuzatish iborasiga izoh bering
                   3. Korreliyasiya yoki nisbat deb nimaga aytiladi?

                   4. Korreliyativ  bog‘liqlik    bilan  teskari  korreliyativ  bog‘liqlik

              orasidagi farq?

























                                                           31
   26   27   28   29   30   31   32   33   34   35   36