Page 33 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 33
Labaratoriya sharoitida bajarilgan kuzatishlar natijalarining aniqlik
darajasi ko‘p jihatdan olingan tuproq o‘simlik namunalarining olish
usullariga va qanchalik aniq olinganligiga ham bog‘liqdir. Shuning
uchun namunalar iloji boricha hamma qaytariqlardan, hech bo‘lmasa
kamida 2 ta qaytariqdan olinadi. Vegetatsion kuzatish usuli yoki tajribasi
o‘simliklaming mineral moddalar bilan saqlanishi, suv va yoruglik
sharoitlari, o‘sishning jadallashtiradigan moddalarning ta‘sirini hamda
o‘simliklaming o‘sishi va rivoj'lanishiga ta’sir etadigan boshqa
faktorlarni o‘rganishda katta ahamiyatga ega bo‘lib, bu qator amaliy
masalalani hal etishga qaratilgan ilmiy tekshirish ishlarida keng
qo‘llaniladi.
Vegetatsion tajriba sharoitida o‘simliklaming oziqlanishi, ulaming
o‘sish dinamikasini (o‘zgarishini), meva tugishi, hosil to‘plashi kabi
faktorlarni aniq kuzatish dala sharoitiga nisbatan qulay. Lezimetrik
kuzatish usuli boshqa kuzatish usullaridan farqli o‘laroq, o‘simliklaming
hayot faktorlari va tuproqdagi protseslaming dinamikasi maxsus
lezimetr (beton yashiklar) da o‘tkaziladi. Bunda asosan ozuqa moddalar
va suv balansi kabi muhim masalalar tabiiy sharoitda o‘rganiladi.
Lezimetrik kuzatishning qulay tomoni shundan iboratki, yon yoki pastki
tomoni ochiq bo‘lib, tabiiy sharoitda yuqorida aytilgan faktorlar yoki
muammo‘lar o‘rganiiadi.
O‘rganilayotgan faktorlarga mos holda lezimetni o‘lchamlari har xil
bo‘ladi. Ko‘p hollarda hamma tomonlari bir metrdan bo‘lgan, ya’ni l m,
kub xajmgacha, devorlarining qalinligi 0,3-0,5 metrgacha bo‘lgan
lezimetrlardan foydalaniladi. Lezimetrlarda asosan dehqonchilik,
melioratsiya, tuproqshunoslik, agronomiya va o‘simlik fiziologiyalari
sohalarida suv balansi, ozuqa elementlarining o‘zlashishini, atmosfera
yog‘ini miqdori va o‘simliklaming oziqlanishida nishonlangan
izotoplardan foydalanish muammo‘lari o‘rganiladi. Ba‘zi hollarda
g‘ishtlik yoki metallardan tayyorlangan lezimetrlardan ham
foydalaniladi.
Kuzatishning lezimetrik usuli dala sharoitida kuzatilganligi va
vegetatsion kuzatish usuliga yaqin bo‘lganligi uchun kuzatish usulini
dala vegetatsion usuli ham deyiladi. Dala vegitatsion kuzatish usuli
33