Page 34 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 34

keyingi vaqtda o‘simliklar seleksiyasida va agrometeorologiya sohasida

              faktorlarni  aniq  modellashtirish  maqsadida  keng  qo‘llanilmoqda.
              Lezimetr qurilmalarida muhit, qumlik, mayda toshlik yoki suvli bo‘lishi

              mumkin. Tajribaning maqsadida shu muhitlarda o‘stirib o‘rganilayotgan

              faktor  bilan  o‘simlik  hosildorligi  o‘rtasida  bog‘liqlik  aniqlanadi.  M.A.
              Belousov  o‘z  shogirdalari  bilan  lezimetni  suvli  muhitda  (gidroponik)

              g‘o‘zaga  ozuqa  moddalarining  ta’sirini  o‘rgangan.  Bunda  talab

              qilinadigan  moddalar  suvda  eritilib  berib  borilgan  va  qolgan  muhitlar
              ham  nazorat  qilib  turilgan.  Olingan  hosilni  gektardagi  hosildorlikka

              aylantirib  hisoblaganda  har  gektar  maydonda  103,2  setnerdan  hosil

              olishga  yerishildi.  Xuddi  shunday  maqsaddagi  tajriba  Tojikiston
              dehqonchilik  ilmiy  tadqiqot  institutida  Domlajonov  va  Jumanqulovlar

              tomonidan ham olib borilgan va har gektar maydondan 83,7 sentnerdan

              paxta hosili olingan.
                   Labaratoriya,  vegetatsion  va  lezimatrik  tajribalaridan  olingan

              ma’lumotlaming  qanchalik  bebaholigidan  qat’iy  nazar,  olingan  xulosa

              va  takliflani  ishlab  chiqishga  tavsiya  qilinishi  uchun,  albatta  dala
              sharoitida  kuzatilib,  keyingina  xulosa  qilinib  ishlab  chiqishga  tavsiya

              qilinsa,  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi.  Dala  tajriba  kuzatish  usuli  ilmiy
              agronomiya va ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘laydi. Dala tajribasidan

              olingan aniq ma‘lumotlar ishlab chiqiladi va yangi navlar, ulaming aniq

              sharoitidagi  agrotexnik  tadbirlari  mineral  va  organik  o‘g‘itlaming
              me’yori konkret sharoit uchun xo‘jaliklarga tavsiya qilinadi.

                   Dala  tajribasidan  olingan  ma‘lumotlaming  aniqlashtirish  va

              tasdiqlash  maqsadida  tajriba  maydonning  tuprog‘i  va  o‘simliklardan
              namunalar  olinib,  labaratoriya  sharoitida  tahlil  qilinadi.  Tuproqning

              agrofizik  va  agrokimyoviy  tahlili  o‘simliklar  tarkibini  kimyoviy  va
              hosilning  texnologik  sifat  ko‘rsatkichlarining  tahlillari  birgalikda  dala

              tajribasidan  olingan  ma‘lumotlami  aniqlashtiradi  va  to‘ldiradi.  Bu

              ishlani  bajarish  uchun  maxsus  uslublar  mavjud  bo‘lib,  unda  ulaming
              bajarilishi  bosqichlari  ko‘rsatib  o‘tilgan  bo‘ladi.  Zamonaviy  ilmiy

              agrokimyoning  asoslari  bo‘lib,  tekshirish  ishlarining  statistik

              rejalashtirishining  hamda  olingan  ma’lumotlardan  yanada  to‘laroq
              ma’Iumot  olish  uchun  ilmiy  tekshirish  ishlarini  matematik  modelini


                                                           34
   29   30   31   32   33   34   35   36   37   38   39