Page 39 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 39

murakkabligiga,  talab  etiladigan  texnika  vositalari  bilan  t’minlanish

              darajasiga,  ishga  jalb  etiladigan    mutaxassislar  soniga  va  boshqa
              omillarga bog‘liq. Shunga ko‘ra, ilmiy dasturda ilmiy ishni olib borish

              uchun  talab  etiladigan  sarf  harajatlar  albatta  ko‘rsatilishi  zarur.  Ilmiy

              loyiha quyidagi tartibda yoziladi:
                   1. Ilmiy ishning dolzarbligi, maqsadi va vazifalari o‘zida aks etgan

              qisqacha annotatsiya;

                   2.  Bu  sohada  muqaddam  olib  borilgan  ilmiy  ishlar  to‘g‘risida
              qisqacha axborot;

                   3. Ilmiy ish olib borilayotgan tashkilatning manzili, telefon, faks va

              internet pochtasi, ijrochilar to‘g‘risida ma‘lumotlar;
                   4.  Ilmiy  ish  bilan  bog‘liq  sarf-harajatlar,  harajatlar  smetasi,  ilmiy

              ishning davomiyligi;

                    5.  Ilmiy  ishdan  kutilayotgan  natijalar  va  uning  iqtisodiy
              samaradorligi ko‘rsatiladi.

                   Ilmiy  loyiha  o‘z  mazmuni,  yo‘nalishi  bo‘yicha  tanlovga  taqdim

              etiladi.  Taqdim  etilgan  loyihalar  ikkita  va  undan  ortiq  ekspertlar
              tomonidan  o‘rganiladi.  Maxsus  ekspert  komissiyalari  tomonidan

              istiqbolli  deb  topilib  ijobiy  baholangan  ilmiy  loyihalarga  moddiy
              mablag‘ ajratiladi.

                   Ilmiy  dastur.  Ilmiy  loyiha  tasdiqlanib,  ilmiy  ish  bajarilishi  uchun

              kerakli mablag‘ ajratilganidan keyin tadqiqotchi tomonidan ilmiy dastur
              tuziladi.  Ilmiy  dasturda  ilmiy  ishni  olib  borish    tartibi,  uslubiyati

              ko‘rsatiladi.  Ilmiy  ish  ilmiy  dasturga  qat’iy  rioya  qilingan  tarzda  olib

              borilishi  lozim.  Ilmiy  ishni  sifatli  bajarilishi  uchun  ilmiy  dastur
              mukammal, puxta tuzilimshi lozim.

                   Ilmiy  dastur  asosan  5  ta  qismdan  iborat  bolib,  quyidagi  tartibda
              tuziladi :

                   1. Kirish. Bu qismda mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalari

              yoritiladi.
                   2.  Adabiyotlar  sharxi.  Bu  bo‘limda  mavzuga  oid  muqaddam  olib

              borilgan ilmiy ishlar tahliliy tarzda yoziladi.

                   3.  Xo‘jalikning  tuproq-iqlim  sharoiti  va  tadqiqotlar  olib  borish
              metodikasi. Bu bobda tadqiqot dalasining tuproq sharoiti, iqlimi, tajriba


                                                           39
   34   35   36   37   38   39   40   41   42   43   44